Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MÁHÁLLEDEGI ÓNERMETSHILIK JUMISLARI ÚYRENILDI
янв.21
MÁHÁLLE JUMISI ÚYRENILDI
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDE
янв.21
DEPUTAT QURILIS JUMISLARI MENEN TANISTI.
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLE PUQARALARI MENEN USHIRASTI
янв.21
Халық депутатлары Шымбай районлық Кеңеси баслығы О.Толыбеков районлық Мелиорация бөлиминде болып, мекемениң бүгинги күндеги жумыс барысы ҳәм алдағы режелери менен жақыннан танысты.
янв.21
📆 Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi tárepinen 22-26-iyun kúnleri ótkeriletin ilajlar rejesi.
янв.21
депутат_ушырасыўы
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
Deputat rayonlıq Mektepke shekemgi hám mektep bilimlendiriwi bóliminde úyreniw jumısların alıp bardı
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati O‘.Tojiyeva tomonidan saylovchilar murojaatlari asosida Qo‘qon shahar hokimligiga yuborilgan deputatlik so‘rovi yuzasidan mas’ul tashkilot tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

Deputatlik so‘rovida “Nurafshon” MFYning "Dang‘ara" va "Mirishkor" ko‘chalari aholisi tomonidan ko‘tarilgan elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar, jumladan, eskirgan elektr simyog‘ochlarini yangilash hamda qo‘shimcha transformator o‘rnatish zarurati masalalari ilgari surilgan edi.

Qo‘qon shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan ma’lum qilinishicha, mazkur hudud mutaxassislar ishtirokida o‘rganib chiqilgan. O‘rganish natijalariga ko‘ra, elektr energiyasi ta’minoti sifatini yaxshilash maqsadida eskirgan elektr simyog‘ochlari va qurilmalarni yangisiga almashtirish ishlari kelgusidagi manzilli dasturlarga kiritilishi rejalashtirilgan.

Mazkur masala deputat nazoratida bo‘lib, hudud aholisini qiynayotgan muammoning ijobiy hal etilishi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar davom ettiriladi.

Fuqarolar murojaatlari va deputatlik so‘rovlari orqali hududlarda mavjud muammolarni bartaraf etish, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi