Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Депутат_мәҳәлледе
янв.21
#Қайырқомлық_илажы
янв.21
#Депутат_мәҳәлледе
янв.21
#Депутат_мәҳәлледе
янв.21
#Шымбай_районы #Депутат_ҳәм_жаслар
янв.21
Diyqanshılıq ilim-izertlew institutınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
ШЫМБАЙДА ҚАЙЫРҚОМЛЫҚ ИЛАЖЫ: 27 ШАҢАРАҚҚА АЗЫҚ-АЎҚАТ ӨНИМЛЕРИ ТАРҚАТЫЛДЫ
янв.21
“Qarakól” MPJ aymaǵındaǵı jasawshı sociallıq qorǵawǵa mútaj Eliwbay Kalekeshovtıń halınan xabar alındı hám úy átrapında abadanlastırıw jumısları alıp barıldı.
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDEGI SOCIALLIQ OBEKTLERDI ÚYRENDI
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDEGI SOCIALLIQ OBEKTLERDI ÚYRENDI
Deputat faoliyatining eng muhim yoʻnalishlari

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi deputati Akmal Qurbonov tomonidan aholi xavfsizligini taʼminlash, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish hamda harakat ishtirokchilari uchun xavfsiz muhit yaratish maqsadida amaliy oʻrganish ishlari olib borildi.

🔍Ushbu oʻrganishlar tuman Ichki ishlar boʻlimi Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari bilan hamkorlikda tuman hududidan oʻtuvchi M-37 xalqaro avtomobil yoʻlining “Charmgaron” MFY hududida tashkil etildi. Mazkur hududda soʻnggi vaqtlarda yoʻl-transport hodisalari soni ortib borayotgani sababli vaziyat atroflicha tahlil qilindi.

📱Oʻrganish jarayonida:
🚗 harakat xavfsizligiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan omillar;
👣 piyodalar harakati uchun sharoitlar;
👠 yoʻl belgilari va sunʼiy yoritish holati;
🚓 transport oqimi va tezlik bilan bogʻliq muammolar oʻrganildi.

👮‍♂️Shuningdek, haydovchilar va fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazilib, yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy rioya qilish, ayniqsa yuqori tezlik va ehtiyotsizlik ogʻir oqibatlarga olib kelishi mumkinligi tushuntirildi.

⛔️Tadbir yakunida mutasaddi tashkilotlarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qoʻshimcha ogohlantiruvchi belgilar oʻrnatish hamda xavfsizlik choralarini kuchaytirish boʻyicha taklif va tavsiyalar berildi.

⁉️Inson hayoti va xavfsizligi — eng oliy qadriyat. Yoʻllarda xavfsiz harakatni taʼminlash esa barchamizning umumiy masʼuliyatimizdir.

Slide 1 of 6