Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Депутат_мәҳәлледе
янв.21
#Қайырқомлық_илажы
янв.21
#Депутат_мәҳәлледе
янв.21
#Депутат_мәҳәлледе
янв.21
#Шымбай_районы #Депутат_ҳәм_жаслар
янв.21
Diyqanshılıq ilim-izertlew institutınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
ШЫМБАЙДА ҚАЙЫРҚОМЛЫҚ ИЛАЖЫ: 27 ШАҢАРАҚҚА АЗЫҚ-АЎҚАТ ӨНИМЛЕРИ ТАРҚАТЫЛДЫ
янв.21
“Qarakól” MPJ aymaǵındaǵı jasawshı sociallıq qorǵawǵa mútaj Eliwbay Kalekeshovtıń halınan xabar alındı hám úy átrapında abadanlastırıw jumısları alıp barıldı.
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDEGI SOCIALLIQ OBEKTLERDI ÚYRENDI
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDEGI SOCIALLIQ OBEKTLERDI ÚYRENDI
Jalaquduq tumanida “O‘zbek va qirg‘iz xalqlari do‘stligi” mavzusida do‘stlik festivali

            Andijon viloyati Qirg‘iz milliy madaniy markazi tomonidan Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi granti asosida “O‘ZBEK VA QIRG‘IZ XALQLARI DO‘STLIGI” mavzusidagi “Madaniyat, qadriyat, meros” yo‘nalishidagi do‘stlik festivali Jalaquduq tumanidagi 43-umumta’lim maktabida yuqori saviyada tashkil etildi.Tadbirda Jalaquduq tumani hokimi, tuman Kengashi deputati H. Latipov, Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Andijon viloyati hududiy bo‘limi, O‘zbekiston
XDP Andijon viloyat Kengashi, xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi deputatlari, MMTB, “Nuroniy” jamg‘armasi, “Mahalla” tizimi, madaniyat bo‘limi, viloyatdagi Arman va Uyg‘ur milliy madaniy markazlari vakillari, yozuvchi va adiblar, jurnalistlar, “Qutlug‘” mahallasi aholisi, yoshlar, maktab jamoasi hamda OAV vakillari ishtirok etdilar. Festivalda yurtimizdagi tinchlik va barqarorlik, turli millat va elatlar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, do‘stlik, totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir davomida madaniyat xodimlari, milliy madaniy markaz jamoalari hamda maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, milliy qo‘shiq va raqslar namoyish etildi. Shuningdek, yozuvchi va adiblar tomonidan yangi asarlardan namunalar o‘qilib, she’rxonlik kechasi tashkil etildi. Tadbir yakunida faol ishtirokchilar Andijon viloyati Qirg‘iz milliy madaniy markazining esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar.
 

   

Slide 1 of 9