Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDEGI SOCIALLIQ OBEKTLERDI ÚYRENDI
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDEGI SOCIALLIQ OBEKTLERDI ÚYRENDI
янв.21
Turaqlı komissiya májlisi ótkerildi
янв.21
Jaslar másláhát toparınıń aǵzaları menen ushırasıwı bolıp óttı
янв.21
Xalıq deputatları rayonlıq Keńesi baslıǵı O.Tolıbekov “Qamıs arıq” APJ aymaǵındaǵı puqaralar menen ushırasıw ótkerip, xalıqtıń múrájatların tıńladı.
янв.21
JEŃIMPAZLAR MÚNÁSIP SIYLIQLADI
янв.21
“Jipek jolı” MPJ aymaǵındaǵı qurılıp atırǵan zamanagóy sawda orayınıń qurılıs jumısları menen tanıstı
янв.21
“Temir jol” MPJ aymaǵında jaylasqan «Arzı iyshan» qoyımshılıǵında abadanlastırıw jumısları alıp barıldı
янв.21
“Kónshi” MPJ aymaǵındaǵı Qorǵanıw isleri Shımbay rayonlıq bólimi imáratınıń qurılıs jumısları menen tanıstı.
янв.21
ÁSKERIY TARAW QÁNIGELERI MENEN UShÍRASÍWÍ
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi

#dayjest #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🇺🇿 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi haftalik ish rejasi doirasida deputatlar tomonidan hududlarda tizimli o‘rganish ishlari, aholi bilan uchrashuvlar hamda muhim tashkiliy tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. Ushbu faoliyatlar joylardagi dolzarb masalalarni aniqlash, ularni manzilli hal etish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan.

🗓 25-may, dushanba kuni Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tadi. Shuningdek xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Mizag'olib Tillashayxov 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilari oldida axborot berib, hisobot davrida bajarilgan ishlar, ilgari surilgan tashabbuslar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumot beradi.
🔍 Mas’ul: D. Ravshanbekov

🗓 26-may, seshanba kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Vasila Alimova tomonidan Yakkasaroy tumani 26-o‘rta maktabda o‘quvchilarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Bola huquqlari” mavzusida davra suhbati tashkil etiladi.
🔍 Mas’ul: J. Gʻulomqodirov

🗓 27–29-may kunlari Qurbon hayiti munosabati bilan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda fuqarolar holidan xabar olish, nuroniylar, ehtiyojmand oilalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, mahallalarda hayit ayyomi munosabati bilan tashkil etilayotgan xayriya va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda deputatlar faol ishtirok etadi.

💡 O‘rganishlar davomida aniqlangan muammolar yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilib, ularning ijrosi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi. Olingan natijalar tahlil qilinib, kelgusi haftaning ustuvor vazifalari shakllantiriladi.

🔍 Mazkur vazifalarning o‘z vaqtida va samarali ijrosini ta’minlash Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati xodimlari tomonidan doimiy nazoratga olingan.

📌 Hududlarda olib borilayotgan tizimli ishlar orqali aholining muammolarini hal etish, ochiq muloqotni ta’minlash hamda samarali deputatlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1