Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Депутат_мәҳәлледе
янв.21
#Қайырқомлық_илажы
янв.21
#Депутат_мәҳәлледе
янв.21
#Депутат_мәҳәлледе
янв.21
#Шымбай_районы #Депутат_ҳәм_жаслар
янв.21
Diyqanshılıq ilim-izertlew institutınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
ШЫМБАЙДА ҚАЙЫРҚОМЛЫҚ ИЛАЖЫ: 27 ШАҢАРАҚҚА АЗЫҚ-АЎҚАТ ӨНИМЛЕРИ ТАРҚАТЫЛДЫ
янв.21
“Qarakól” MPJ aymaǵındaǵı jasawshı sociallıq qorǵawǵa mútaj Eliwbay Kalekeshovtıń halınan xabar alındı hám úy átrapında abadanlastırıw jumısları alıp barıldı.
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDEGI SOCIALLIQ OBEKTLERDI ÚYRENDI
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDEGI SOCIALLIQ OBEKTLERDI ÚYRENDI
📌 DEPUTAT SO‘ROVI

📌 DEPUTAT SO‘ROVI
📅 2026-yil 18-may
📄 75-ds-468-26-son
📍 Qo‘shko‘pir tumani
Kimga:
Qo‘shko‘pir tuman hokimi o‘rinbosari
R. Matyaqubovga
Yuboruvchi:
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati
M. Tangrimberganov
“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalariga muvofiq, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–1109-sonli Qonuni asosida xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining vakolatlari yanada kengaytirildi.
Mazkur Qonun talablariga asosan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ishlab chiqilib, xalq deputatlari Kengashlari tasdig‘iga kiritilishi lozim bo‘lgan quyidagi muhim yo‘nalishlar belgilandi:
🔹 1. Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishga oid mahalliy dasturlar
(“Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun, 11-modda, ikkinchi qism)
🔹 2. Aholi yashaydigan uylarning hovlilari va uy atrofidagi hududlarni saqlash hamda turar joylardan foydalanish qoidalari
(“Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonun, 7-modda birinchi qism hamda 23-modda uchinchi qism)
🔹 3. Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasini rivojlantirishga qaratilgan hududiy dasturlar
(“Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi Qonun, 11-modda, uchinchi qism)
🔹 4. Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi hududiy dasturlar
(“Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi Qonun, 10-modda, ikkinchi qism)
Yuqoridagi qonunchilik talablari ijrosini ta’minlash maqsadida, tuman darajasida mazkur hududiy dastur hamda qoidalarni ishlab chiqish, ularni xalq deputatlari tuman Kengashi muhokamasiga kiritish bo‘yicha tegishli “Yo‘l xaritasi” yoki chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanganligi, shuningdek ushbu yo‘nalishda bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot va tushuntirish taqdim etishingizni so‘rayman.                                             

Slide 1 of 1