Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Turaqlı komissiya májlisi ótkerildi
янв.21
Jaslar másláhát toparınıń aǵzaları menen ushırasıwı bolıp óttı
янв.21
Xalıq deputatları rayonlıq Keńesi baslıǵı O.Tolıbekov “Qamıs arıq” APJ aymaǵındaǵı puqaralar menen ushırasıw ótkerip, xalıqtıń múrájatların tıńladı.
янв.21
JEŃIMPAZLAR MÚNÁSIP SIYLIQLADI
янв.21
“Jipek jolı” MPJ aymaǵındaǵı qurılıp atırǵan zamanagóy sawda orayınıń qurılıs jumısları menen tanıstı
янв.21
“Temir jol” MPJ aymaǵında jaylasqan «Arzı iyshan» qoyımshılıǵında abadanlastırıw jumısları alıp barıldı
янв.21
“Kónshi” MPJ aymaǵındaǵı Qorǵanıw isleri Shımbay rayonlıq bólimi imáratınıń qurılıs jumısları menen tanıstı.
янв.21
ÁSKERIY TARAW QÁNIGELERI MENEN UShÍRASÍWÍ
янв.21
Deputat sorawına "Qaraqalpaq suw támiynatı" AJ Shımbay rayonlıq filialı tárepinen rásmiy maǵlıwmat berildi.
янв.21
МЕКТЕП ИНФРАСТРУКТУРАСЫ ҲӘМ ИМКАНИЯТЛАР ДОДАЛАНДЫ
“MENING BOGʻIM” LOYIHASI DOIRASIDA “YASHIL JAMOAT PARKI” BARPO ETILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-martdagi 156-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mening bog‘im” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibiga muvofiq “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida ilgari surilgan tashabbuskor loyihalar bo‘yicha ovoz berish jarayonlari o‘tkazildi.

✅Mazkur jarayon yakunlariga ko‘ra, Nurobod tumani “Ulus” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 1,5 gektar yer maydoni “Mening bog‘im” loyihasi doirasida g‘olib deb topildi.

📌 Shunga asosan, hududda aholi uchun qulay va zamonaviy yashil maskan yaratish, ekologik muhitni yaxshilash hamda fuqarolarning mazmunli dam olishini tashkil etish maqsadida “Yashil jamoat parki”ni barpo etish belgilandi.

✅Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining 2025-yil 24-iyundagi VII-10-62-7-99-K/25-sonli qaroriga muvofiq, 2025-yilda o‘tkazilgan “Mening bog‘im” loyihalari doirasida g‘olib bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirish maqsadida tumandagi Ulus mahallasida “Yashil jamoat parki”ni tashkil etish uchun 250 million so‘m mablag‘ ajratildi.

📝 Mazkur qaror ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati N.Ziyadinov tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

💧O‘rganish davomida:
🔹 ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi;
🔹 hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari;
🔹 yashil hududlarni kengaytirish;
🔹 aholiga qulay sharoit yaratish bo‘yicha bajarilayotgan ishlar;
🔹 park hududida amalga oshirilayotgan qurilish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishildi.

🤝 Shuningdek, deputat tomonidan mas’ul tashkilotlar va mutasaddilarga loyiha ishlarini sifatli hamda belgilangan muddatlarda amalga oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

🌱 Hududlarda ekologik barqarorlikni ta’minlash, yashil hududlarni kengaytirish va aholining dam olishi uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan ishlar deputatlik nazoratida bo‘lib qolmoqda.

Slide 1 of 7