Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Temir jol” MPJ aymaǵında jaylasqan «Arzı iyshan» qoyımshılıǵında abadanlastırıw jumısları alıp barıldı
янв.21
“Kónshi” MPJ aymaǵındaǵı Qorǵanıw isleri Shımbay rayonlıq bólimi imáratınıń qurılıs jumısları menen tanıstı.
янв.21
ÁSKERIY TARAW QÁNIGELERI MENEN UShÍRASÍWÍ
янв.21
Deputat sorawına "Qaraqalpaq suw támiynatı" AJ Shımbay rayonlıq filialı tárepinen rásmiy maǵlıwmat berildi.
янв.21
МЕКТЕП ИНФРАСТРУКТУРАСЫ ҲӘМ ИМКАНИЯТЛАР ДОДАЛАНДЫ
янв.21
Deputat hám jaslar ushırasıwı bolıp ótti
янв.21
Шымбай ҳаўазы газетасы
янв.21
Májlis sońında shólkemlestiriw máseleleri kórip shıǵıldı
янв.21
Isbilermenler háreketi - Ózbekstan Liberal-demokratiyalıq partiyasınıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDE
Muxtor Ilhomov tomonidan Toshkent shahar Markaziy davlat arxivida o‘rganish olib borildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Muxtor Ilhomov tomonidan Toshkent shahar Markaziy davlat arxivida o‘rganish olib borildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Muxtor Ilhomov tomonidan Uchtepa tumanidagi 23-Istirohat saylov okrugiga qarashli Bekobod mahallasi hududida joylashgan Toshkent shahar Markaziy davlat arxivida o‘rganish ishlari olib borildi.

📝O‘rganish jarayonida xalq deputatlari Uchtepa tuman Kengashi deputati Sanjar Jalolov ham ishtirok etdi. Deputatlar tomonidan muassasada yaratilgan sharoitlar, xodimlar faoliyati hamda bino infratuzilmasi holati joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

💡 O‘rganish davomida arxiv binosi ichki yoritish tizimida muammolar mavjudligi, ayrim xonalarda chiroqlar ishlamayotgani hamda binoning tom qismidan yog‘ingarchilik paytlari suv o‘tishi aniqlandi. Mazkur holat muassasa faoliyati va xodimlar uchun noqulaylik tug‘dirayotgani qayd etildi.

📁 Deputatlar tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, bino ichki elektr va yoritish tizimini ta’mirlash hamda zarur texnik choralarni ko‘rish shuningdek tom qismini ta’mirlash yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga tavsiya va topshiriqlar berildi.

📉 O‘rganish davomida Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari doirasida davlat muassasalarida mehnat sharoitlarini yaxshilash, kommunal tizimlar faoliyatini nazorat qilish, fuqarolar va xodimlar uchun qulay shart-sharoit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Bunday joyiga chiqib o‘rganishlar hududlardagi mavjud muammolarni aniqlash, ularni tezkor bartaraf etish hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10