Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Temir jol” MPJ aymaǵında jaylasqan «Arzı iyshan» qoyımshılıǵında abadanlastırıw jumısları alıp barıldı
янв.21
“Kónshi” MPJ aymaǵındaǵı Qorǵanıw isleri Shımbay rayonlıq bólimi imáratınıń qurılıs jumısları menen tanıstı.
янв.21
ÁSKERIY TARAW QÁNIGELERI MENEN UShÍRASÍWÍ
янв.21
Deputat sorawına "Qaraqalpaq suw támiynatı" AJ Shımbay rayonlıq filialı tárepinen rásmiy maǵlıwmat berildi.
янв.21
МЕКТЕП ИНФРАСТРУКТУРАСЫ ҲӘМ ИМКАНИЯТЛАР ДОДАЛАНДЫ
янв.21
Deputat hám jaslar ushırasıwı bolıp ótti
янв.21
Шымбай ҳаўазы газетасы
янв.21
Májlis sońında shólkemlestiriw máseleleri kórip shıǵıldı
янв.21
Isbilermenler háreketi - Ózbekstan Liberal-demokratiyalıq partiyasınıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDE
HUDUDDAGI KUTUBXONALAR HOLATI DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputati, doimiy komissiya raisi Mahmudova Baxtinisa Zuxriddinovna tomonidan hududdagi ta’lim muassasalarida kutubxona faoliyati va mavjud sharoitlarni o‘rganish
maqsadida tumandagi 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif amalga oshirildi. Tashrif davomida deputat maktab ma’muriyati bilan birgalikda maktab kutubxonasining bugungi holati, mavjud sharoitlari hamda faoliyati bilan yaqindan tanishdi. O‘rganish jarayonida kutubxona xodimlari bilan suhbat o‘tkazilib, kitob fondining holati, kitobxonlar uchun yaratilgan qulayliklar, xizmat ko‘rsatish sifati va bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.Shuningdek, muassasa xodimlarining mavjud muammo va takliflari tinglanib, kutubxona faoliyatini yanada rivojlantirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ular orasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.O‘rganish davomida kutubxonada kitoblarni saqlash va ulardan foydalanish holati, o‘quvchilarning kutubxonaga jalb etilish darajasi ham atroflicha tahlil qilindi. Kutubxonada kitobxonlikni targ‘ib qilishga qaratilgan turli tadbirlar, adabiy kechalar va uchrashuvlar tashkil etish borasida muayyan ishlar olib borilayotgani qayd etildi. Yakunda deputat tomonidan kutubxona fondini yanada boyitish, ayniqsa yoshlar orasida qiziqish uyg‘otadigan zamonaviy adabiyotlar bilan ta’minlash zarurligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, elektron kutubxona tizimini joriy etish, kitoblar hisobini raqamlashtirish hamda o‘quvchilarni kutubxonaga muntazam jalb etish bo‘yicha tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
  

Slide 1 of 5