Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Депутат_мәҳәлледе
янв.21
#Қайырқомлық_илажы
янв.21
#Депутат_мәҳәлледе
янв.21
#Депутат_мәҳәлледе
янв.21
#Шымбай_районы #Депутат_ҳәм_жаслар
янв.21
Diyqanshılıq ilim-izertlew institutınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
ШЫМБАЙДА ҚАЙЫРҚОМЛЫҚ ИЛАЖЫ: 27 ШАҢАРАҚҚА АЗЫҚ-АЎҚАТ ӨНИМЛЕРИ ТАРҚАТЫЛДЫ
янв.21
“Qarakól” MPJ aymaǵındaǵı jasawshı sociallıq qorǵawǵa mútaj Eliwbay Kalekeshovtıń halınan xabar alındı hám úy átrapında abadanlastırıw jumısları alıp barıldı.
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDEGI SOCIALLIQ OBEKTLERDI ÚYRENDI
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDEGI SOCIALLIQ OBEKTLERDI ÚYRENDI
Deputat Sultanov Bahodir Turg‘unovich “Minbar” tok-shousida ishtirok etdi.

“Minbar” tok-shousining navbatdagi soni suratga olindi. Dastur mavzusi “O‘zbekistonda tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash: Prezidentimizga taqdim etilgan inqilobiy takliflar va yangi imkoniyatlar”ga bag‘ishlandi.

📈Tok-shouda xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Sultanov Bahodir Turg‘unovich ham ishtirok etib, mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi.

Dastur davomida tadbirkorlar uchun yaratilayotgan qulay imkoniyatlar, sohaga oid mavjud muammolarni bartaraf etish, investorlar uchun ochiq va shaffof tizimni shakllantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda hududlarda tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, Prezidentimizga taqdim etilgan yangi tashabbuslar va inqilobiy takliflarning mazmun-mohiyati, ularning mamlakat iqtisodiyoti rivojiga, aholi bandligini ta’minlashga hamda biznes muhitini yanada erkinlashtirishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

Tok-shou davomida soha mutaxassislari, ekspertlar va jamoatchilik vakillari ishtirokida dolzarb masalalar yuzasidan ochiq muloqot olib borildi hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar bo‘yicha fikr almashildi.

Slide 1 of 4