Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Gayliyev Shamirat Kurbanmiradovich Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashib, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashdi.
🤝 Suhbat davomida:
🔹 yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish
🔹 huquqbuzarlik va salbiy holatlarning oldini olish
🔹 yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish
🔹 ularni jamiyat hayotida faol ishtirok ettirish masalalari muhokama qilindi.
👥 Ta’kidlanganidek, Yoshlar maslahat guruhi — yoshlarning muammo va takliflarini o‘rganish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda deputatlar bilan yoshlar o‘rtasida samarali muloqotni yo‘lga qo‘yishda muhim maydon hisoblanadi.