Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati T.Berdiyev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov Pattakesar mahallasida joylashgan 5-sonli oilaviy poliklinikasi Pattakesar-2 shaxobchasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
💬 O‘rganish jarayonida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
▶️Tibbiy xizmat sifati: Bemorlarni qabul qilish tizimi va ko‘rsatilayotgan tibbiy yordamning samaradorligi;
▶️Dori-darmon ta’minoti: Imtiyozli dori vositalari bilan ta'minlanganlik darajasi va dorixona faoliyati;
▶️Sharoitlar: Poliklinika xonalarning sanitariya holati va tibbiy jihozlarning sozligi;
▶️Raqamlashtirish: "Elektron poliklinika" tizimining ishlashi va navbatlarni tartibga solish holati.
Mazkur o‘rganish ishlari O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida” 265-I-son Qonuni talablariga muvofiq amalga oshirilmoqda.
💬Ushbu qonunga ko‘ra: ▶️fuqarolarga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatish kafolatlanadi. ▶️tibbiyot muassasalarida zamonaviy sharoitlar yaratilishi shart. ▶️aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
💬Deputat tibbiyot xodimlariga aholi murojaatlariga e'tiborli bo'lish va ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish bo'yicha tavsiyalar berdi.
🫥Inson salomatligi — jamiyatning eng oliy boyligidir!