Shu maqsadda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Mamatmuratov tomonidan “Qoratepa” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 17-sonli maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.
Mazkur o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Xujanov, kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqov, shuningdek “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti bosh mutaxassisi N.Kenjayev ishtirok etdi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar, ko‘rsatmalar hamda huquqiy maslahatlar berildi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati