Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALIQ DEPUTATLARI SHIMBAY RAYONLIQ KEŃESINIŃ GEZEKTEGI 18-SESSIYASINA SHAQIRILADI
янв.21
“Shańaraqlardıń bekkemligin kepilleymiz” akciyası ótkerildi
янв.21
Deputat máhálle jetiligi aǵzaları menen birgelikte jaslardıń mashqalaların úyrendi
янв.21
HÚRMETLI MIYIRBIYKELER!
янв.21
WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi tárepinen 11-15-may kúnleri ótkeriletin ilajlar rejesi.
янв.21
#HÁPTELIK_DAYJEST
янв.21
9-may Eslew hám qádirlew kúni
янв.21
“Qamıs arıq” APJ aymaǵındaǵı 11-sanlı Mektepke shekemgi bilimlendiriw mákemesiniń jumısı úyrenildi
янв.21
Халық саламатлығын қорғаў жолындағы әҳмийетли қәдем
Deputat ishtirokida ustozlarga ehtirom ko‘rsatildi

Deputat ishtirokida ustozlarga ehtirom ko‘rsatildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati I.Qurbonov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov bilan birgalikda o‘zi saylangan 18-Yakkaterak saylov okrugidagi “Yakkaterak” mahallasida joylashgan 10-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchi-yoshlari ishtirokida ezgu va tarbiyaviy ahamiyatga ega tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida maktabning faxriy, ko‘p yillik mehnat faoliyati bilan yosh avlod tarbiyasiga munosib hissa qo‘shgan keksa ustoz-o‘qituvchilar xonadonlariga tashrif buyurilib, ular holidan xabar olindi hamda samimiy ehtirom ko‘rsatildi.

Uchrashuvlar davomida nuroniy ustozlarning hayotiy tajribasi, fidokorona mehnati va yoshlar tarbiyasidagi o‘rni haqida iliq suhbatlar bo‘lib o‘tdi. Ayniqsa, yoshlarning ustozlarga bo‘lgan hurmati va e’tibori barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Bunday ezgu tashabbuslar jamiyatimizda “ustozga ehtirom” qadriyatini yanada mustahkamlash, yosh avlod qalbida mehr-oqibat, insoniylik va vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#I_Qurbonov #A_Mamarajabov

Slide 1 of 3