Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi tárepinen 11-15-may kúnleri ótkeriletin ilajlar rejesi.
янв.21
#HÁPTELIK_DAYJEST
янв.21
9-may Eslew hám qádirlew kúni
янв.21
“Qamıs arıq” APJ aymaǵındaǵı 11-sanlı Mektepke shekemgi bilimlendiriw mákemesiniń jumısı úyrenildi
янв.21
Халық саламатлығын қорғаў жолындағы әҳмийетли қәдем
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi deputatı G.Eshmuratovanıń deputatlıq sorawı
янв.21
“Qamıs arıq” APJ aymaǵındaǵı 11-sanlı Shańaraqlıq poliklinikanıń jumısı úyrenildi
янв.21
Aymaqtaǵı pilleshilik jumısı menen jaqınnan tanıstı
янв.21
“Qamıs arıq” máhálle jetiligi iskerligi úyrenildi
янв.21
“Keńes” APJ aymaǵındaǵı sociallıq obektler úyrenildi
Kengash sessiyasi oldidan: Ochiqlik va mas’uliyat tamoyili asosida muhim masalalar tahlili

Yig‘ilishda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova boshchiligida Kengashning tegishli doimiy komissiyalari raislari va a’zolari, shahar deputatlari, kotibiyat mudiri A.Ashurov hamda kotibiyatning bosh mutaxassislari ishtirok etdilar.

💬 Yig‘ilish davomida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan davlat va boshqa tashkilotlar hisobot hamda axborotlarini chuqur tahlil qilish, ular yuzasidan joylarda nazorat-tahlil tadbirlarini tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, har bir yo‘nalish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda ularni tegishli doimiy komissiyalar o‘rtasida taqsimlash yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

📌 Yig‘ilishda alohida ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Kengash Reglamenti talablariga muvofiq, sessiya kun tartibiga kiritiladigan har bir masala dastlab tegishli doimiy komissiyalarda atroflicha ko‘rib chiqilishi, o‘rganilishi va asoslantirilgan xulosalar berilishi shart hisoblanadi.

🫥 Bu kabi tizimli yondashuv xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatida ochiqlik, mas’uliyat va samaradorlikni ta’minlashda, shuningdek, qabul qilinadigan qarorlarning xalq manfaatlariga to‘la mos kelishida muhim ahamiyat kasb etadi.

💬"Sessiyaga mas’uliyat bilan yondashish, har bir masalani chuqur tahlil qilish va uni qonuniy asosda tayyorlash — xalqimizning ishonchini oqlash demakdir. Har bir qaror xalq manfaatiga xizmat qilishi shart," — deya ta’kidladi Kengash raisi D.Normuradova.

Slide 1 of 4