Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi tárepinen 11-15-may kúnleri ótkeriletin ilajlar rejesi.
янв.21
#HÁPTELIK_DAYJEST
янв.21
9-may Eslew hám qádirlew kúni
янв.21
“Qamıs arıq” APJ aymaǵındaǵı 11-sanlı Mektepke shekemgi bilimlendiriw mákemesiniń jumısı úyrenildi
янв.21
Халық саламатлығын қорғаў жолындағы әҳмийетли қәдем
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi deputatı G.Eshmuratovanıń deputatlıq sorawı
янв.21
“Qamıs arıq” APJ aymaǵındaǵı 11-sanlı Shańaraqlıq poliklinikanıń jumısı úyrenildi
янв.21
Aymaqtaǵı pilleshilik jumısı menen jaqınnan tanıstı
янв.21
“Qamıs arıq” máhálle jetiligi iskerligi úyrenildi
янв.21
“Keńes” APJ aymaǵındaǵı sociallıq obektler úyrenildi
♻️ Shovot tumanida chiqindilarni boshqarish tizimi va ekologik barqarorlik masalalari o‘rganildi

🟢 Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari deputati E.Dushamov, Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri I.Masharipov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi U.Ruzmetov tomonidan Shovot tumanida faoliyat yuritayotgan “ECO KLASTER” MCHJ faoliyati atroflicha o‘rganildi.

🔹 O‘rganish jarayonida korxona tomonidan aholi punktlarida maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish bo‘yicha amalga oshirilayotgan amaliy ishlar, mavjud texnik imkoniyatlar hamda xizmat ko‘rsatish sifati tahlil qilindi.

🔹 Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda tumanda 18 ta maxsus texnika orqali jami 135 ming 967 nafar aholiga xizmat ko‘rsatilib, har kuni 16 ta mahalla hududida chiqindilarni yig‘ib olib chiqish ishlari tizimli yo‘lga qo‘yilgan.

📖 O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining “Chiqindilar to‘g‘risida”gi O‘RQ-362-II-sonli Qonuni ijrosi doirasida hududlarda sanitariya-tozalikni ta’minlash, ekologik barqarorlikni mustahkamlash hamda aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔹 Shuningdek, chiqindilarni boshqarish tizimini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda hududlarda ekologik barqarorlikni ta’minlash bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekani ta’kidlandi.

🔹 Mutasaddilar tomonidan sohada aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, sanitariya holatini yanada yaxshilash va aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli taklif hamda tavsiyalar berildi.

🌱 Yashil va obod hudud — sog‘lom jamiyat va farovon kelajak poydevori.