Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi tárepinen 11-15-may kúnleri ótkeriletin ilajlar rejesi.
янв.21
#HÁPTELIK_DAYJEST
янв.21
9-may Eslew hám qádirlew kúni
янв.21
“Qamıs arıq” APJ aymaǵındaǵı 11-sanlı Mektepke shekemgi bilimlendiriw mákemesiniń jumısı úyrenildi
янв.21
Халық саламатлығын қорғаў жолындағы әҳмийетли қәдем
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi deputatı G.Eshmuratovanıń deputatlıq sorawı
янв.21
“Qamıs arıq” APJ aymaǵındaǵı 11-sanlı Shańaraqlıq poliklinikanıń jumısı úyrenildi
янв.21
Aymaqtaǵı pilleshilik jumısı menen jaqınnan tanıstı
янв.21
“Qamıs arıq” máhálle jetiligi iskerligi úyrenildi
янв.21
“Keńes” APJ aymaǵındaǵı sociallıq obektler úyrenildi
Yunusobod mahallasida bolalar uchun kutubxona tashkil etilmoqda

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Dilnoza Musayeva tashabbusi bilan Yunusobod mahallasi hududida bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning kitobxonlikka qiziqishini oshirish hamda kompyuter savodxonligini rivojlantirishga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Mazkur tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi PQ–9-son “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmuniga hamohangdir. Qarorda 2026–2030-yillarda aholining kitobxonlik darajasini oshirish, kitob mutolaasini keng targ‘ib qilish hamda zamonaviy kutubxona infratuzilmasini rivojlantirish vazifalari belgilangan.

Shu maqsadda mahalla hududidagi bo‘sh turgan xona bolalar uchun qulay va foydali maskanga aylantirilmoqda. Xonaga stol va javonlar olib berilib, unda kichik kutubxona tashkil etish ishlari yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu yerda bolalar bo‘sh vaqtlarida kitob mutolaa qilishlari, bilimlarini boyitishlari hamda kompyuterdan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishlari mumkin bo‘ladi.

Deputat tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ushbu ezgu ish mahallada yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish, kitobxonlik madaniyatini kengaytirish va bolalar uchun sog‘lom ma’naviy muhit yaratishga xizmat qiladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 4