Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HÚRMETLI MIYIRBIYKELER!
янв.21
WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi tárepinen 11-15-may kúnleri ótkeriletin ilajlar rejesi.
янв.21
#HÁPTELIK_DAYJEST
янв.21
9-may Eslew hám qádirlew kúni
янв.21
“Qamıs arıq” APJ aymaǵındaǵı 11-sanlı Mektepke shekemgi bilimlendiriw mákemesiniń jumısı úyrenildi
янв.21
Халық саламатлығын қорғаў жолындағы әҳмийетли қәдем
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi deputatı G.Eshmuratovanıń deputatlıq sorawı
янв.21
“Qamıs arıq” APJ aymaǵındaǵı 11-sanlı Shańaraqlıq poliklinikanıń jumısı úyrenildi
янв.21
Aymaqtaǵı pilleshilik jumısı menen jaqınnan tanıstı
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Joriy yilining 7-may kuni Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashiga 18-“O‘zbekiston” saylov okrugidan saylangan deputat L.Karimova tomonidan aholini sifatli, toza va uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash holatini o‘rganish maqsadida “Navoiy suv ta’minoti” AJ Uchquduq tuman bo‘limi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududdagi ko‘p qavatli uylar hamda yakka tartibdagi xonadonlarda sovuq suv ta’minotining bugungi holati, suv bosimi darajasi, quvurlarning texnik holati, avariya holatlarining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, aholining murojaatlari bilan ishlash tizimi yuzasidan mutasaddilar bilan atroflicha suhbat olib borildi.

Shuningdek, suv ta’minoti tizimida mavjud muammolar, ayrim hududlarda kuzatilayotgan uzilishlar, eskirgan quvurlarni yangilash hamda ichimlik suvini aholiga o‘z vaqtida yetkazib berish masalalari muhokama qilindi. Mutasaddilar tomonidan tizimda olib borilayotgan ta’mirlash va modernizatsiya ishlari, yangi tarmoqlarni tortish hamda nosozliklarni tezkor bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi.

Deputat L.Karimova tomonidan aholining kommunal xizmatlardan foydalanishdagi qulayliklarini oshirish, ichimlik suvi ta’minotidagi muammolarni tizimli hal etish, murojaatlarga tezkor va sifatli javob qaytarish hamda suv ta’minoti infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Ta’kidlanganidek, aholini toza ichimlik suvi bilan barqaror ta’minlash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda fuqarolar murojaatlariga e’tiborli yondashish masalalari doimiy deputatlik nazoratida bo‘lib qoladi.

Slide 1 of 4