Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALIQ DEPUTATLARI SHIMBAY RAYONLIQ KEŃESINIŃ GEZEKTEGI 18-SESSIYASINA SHAQIRILADI
янв.21
“Shańaraqlardıń bekkemligin kepilleymiz” akciyası ótkerildi
янв.21
Deputat máhálle jetiligi aǵzaları menen birgelikte jaslardıń mashqalaların úyrendi
янв.21
HÚRMETLI MIYIRBIYKELER!
янв.21
WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi tárepinen 11-15-may kúnleri ótkeriletin ilajlar rejesi.
янв.21
#HÁPTELIK_DAYJEST
янв.21
9-may Eslew hám qádirlew kúni
янв.21
“Qamıs arıq” APJ aymaǵındaǵı 11-sanlı Mektepke shekemgi bilimlendiriw mákemesiniń jumısı úyrenildi
янв.21
Халық саламатлығын қорғаў жолындағы әҳмийетли қәдем
Mahallalarda kommunal infratuzilma va tungi yoritish tizimlarini yaxshilash masalalari deputatlik nazoratiga olindi

Mahallalarda kommunal infratuzilma va tungi yoritish tizimlarini yaxshilash masalalari deputatlik nazoratiga olindi

 🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining “4-Qoryog‘di” okrugi deputati Djalolov Sanjar Gayratovich tashabbusi bilan Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishlaridan biri — mahallalarda ichimlik suvi, elektr energiyasi, tabiiy gaz ta’minoti hamda ko‘chalarni yoritish tizimi bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish yuzasidan amaliy monitoring ishlari olib borildi.

 💡 Mazkur tadbir doirasida “Paxtakor” mahallasining “Quyosh nuri” hamda “Mergancha” ko‘chalarida joylashgan gazni tartibga solish punkti (GRP) faoliyati, tabiiy gaz ta’minoti holati va ko‘chalarni tungi yoritish tizimi o‘rganildi. Hududdagi mavjud muammolar joyiga chiqqan holda tahlil qilinib, aholiga qulay va xavfsiz sharoit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 📝 Deputat tomonidan sohaga mas’ul mutasaddi tashkilotlar vakillariga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, elektr energiyasi va gaz ta’minotidagi uzilishlarning oldini olish hamda tungi yoritish tizimlarini yaxshilash yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi. Shu orqali deputatlik nazorati o‘rnatilib, amalga oshirilayotgan ishlarning ijrosi nazoratga olindi.

 📈 Shuningdek, profilaktik tadbirlarni “Qoryog‘di” mahallasida ham tizimli ravishda amalga oshirish lozimligi ta’kidlandi. Hududlarda kommunal infratuzilmani yaxshilash, aholi murojaatlariga tezkor munosabat bildirish va xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

 📁 Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-sonli “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan ham mas’ul tashkilotlarga aniq talablar qo‘yildi hamda ushbu yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazoratiga olindi.

 🔼 Mazkur amaliy o‘rganish ishlari hududlarda kommunal xizmatlar sifatini oshirish, aholi uchun qulay shart-sharoit yaratish hamda mavjud muammolarni bartaraf etishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 5