Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi tárepinen 11-15-may kúnleri ótkeriletin ilajlar rejesi.
янв.21
#HÁPTELIK_DAYJEST
янв.21
9-may Eslew hám qádirlew kúni
янв.21
“Qamıs arıq” APJ aymaǵındaǵı 11-sanlı Mektepke shekemgi bilimlendiriw mákemesiniń jumısı úyrenildi
янв.21
Халық саламатлығын қорғаў жолындағы әҳмийетли қәдем
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi deputatı G.Eshmuratovanıń deputatlıq sorawı
янв.21
“Qamıs arıq” APJ aymaǵındaǵı 11-sanlı Shańaraqlıq poliklinikanıń jumısı úyrenildi
янв.21
Aymaqtaǵı pilleshilik jumısı menen jaqınnan tanıstı
янв.21
“Qamıs arıq” máhálle jetiligi iskerligi úyrenildi
янв.21
“Keńes” APJ aymaǵındaǵı sociallıq obektler úyrenildi
Mahallalarda infratuzilmani rivojlantirish va mablag‘larning maqsadli sarflanishi o‘rganildi

Mahallalarda infratuzilmani rivojlantirish va mablag‘larning maqsadli sarflanishi o‘rganildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati tomonidan tumandagi “Beshqayrag‘och”, “Zulfizar”, “Nishabariq‘”, “Degrez”, “Bog‘ichinor” hamda “Taqachi” mahallalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-402-sonli “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

📊 O‘rganish davomida mahallalarda soliq tushumlarining 10 foizi hisobidan shakllantirilgan mablag‘larning maqsadli sarflanish holati atroflicha tahlil qilindi. Jumladan, mahallalar hisob raqamlarida mavjud mablag‘larni o‘z vaqtida va samarali yo‘naltirish bo‘yicha tushuntirish ishlari amalga oshirildi.

🔼 Shuningdek, barcha masalalar tanqidiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi. Mazkur qarorga muvofiq, ushbu mablag‘lar mahalla hududlaridagi ichki yo‘llar va piyodalar yo‘laklarini ta’mirlash, yoritish tizimini yaxshilash, elektr energiyasi hamda tabiiy gaz tarmoqlarini modernizatsiya qilish, ichimlik va oqova suv tizimlarini yaxshilash kabi infratuzilma loyihalariga yo‘naltirilmoqda.

📁 Bundan tashqari, mahalla fuqarolar yig‘ini binolari, sport maydonchalari, nuroniylar choyxonalari, yoshlar markazlari, bolalar maydonchalari hamda ko‘chma madaniyat markazlarini tashkil etish bo‘yicha ham amaliy ishlar olib borilmoqda. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar mahalliy tashkilotlar tomonidan izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 9