Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi tárepinen 11-15-may kúnleri ótkeriletin ilajlar rejesi.
янв.21
#HÁPTELIK_DAYJEST
янв.21
9-may Eslew hám qádirlew kúni
янв.21
“Qamıs arıq” APJ aymaǵındaǵı 11-sanlı Mektepke shekemgi bilimlendiriw mákemesiniń jumısı úyrenildi
янв.21
Халық саламатлығын қорғаў жолындағы әҳмийетли қәдем
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi deputatı G.Eshmuratovanıń deputatlıq sorawı
янв.21
“Qamıs arıq” APJ aymaǵındaǵı 11-sanlı Shańaraqlıq poliklinikanıń jumısı úyrenildi
янв.21
Aymaqtaǵı pilleshilik jumısı menen jaqınnan tanıstı
янв.21
“Qamıs arıq” máhálle jetiligi iskerligi úyrenildi
янв.21
“Keńes” APJ aymaǵındaǵı sociallıq obektler úyrenildi
“Yoshlar kuni” tadbirlari davom etmoqda

           O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb belgilangani mamlakatimizda yosh avlodga bo‘lgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikning yana bir amaliy ifodasidir. Mazkur tashabbus yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning iqtidori va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashishga xizmat qilmoqda. Shu munosabat bilan joylarda turli uchrashuvlar, davra suhbatlari va amaliy muloqotlar tashkil etilmoqda. Xususan, Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi qoshidagi “Yoshlar maslahat guruhi” a’zosi H.Latipov hamda Andijon “Suv ta’minoti” AJ Jalaquduq filiali rahbari Q.Turg‘unovlar tomonidan “Yangisor” MFY yoshlari bilan ochiq muloqot tarzidagi uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida yoshlarning muammo va takliflari tinglanib, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, tumanda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida tushuntirishlar berilib, yoshlar o‘z qiziqishi va mutaxassisligidan kelib chiqib ishga taklif etildi. Tadbir yakunida yoshlar bilan bunday uchrashuvlarni muntazam tashkil etish, ularning bandligini ta’minlash va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.  

Slide 1 of 5