Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALIQ DEPUTATLARI SHIMBAY RAYONLIQ KEŃESINIŃ GEZEKTEGI 18-SESSIYASINA SHAQIRILADI
янв.21
“Shańaraqlardıń bekkemligin kepilleymiz” akciyası ótkerildi
янв.21
Deputat máhálle jetiligi aǵzaları menen birgelikte jaslardıń mashqalaların úyrendi
янв.21
HÚRMETLI MIYIRBIYKELER!
янв.21
WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi tárepinen 11-15-may kúnleri ótkeriletin ilajlar rejesi.
янв.21
#HÁPTELIK_DAYJEST
янв.21
9-may Eslew hám qádirlew kúni
янв.21
“Qamıs arıq” APJ aymaǵındaǵı 11-sanlı Mektepke shekemgi bilimlendiriw mákemesiniń jumısı úyrenildi
янв.21
Халық саламатлығын қорғаў жолындағы әҳмийетли қәдем
Deputat va xalq uchrashuvi: muammolar eshitildi, yechimlar belgilandi

 Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, “Adolat” SDP a'zosi Xusainov Alisher Abduvahobovich tomonidan 17-Bek To‘pi saylov okrugi hududidagi “Bek To‘pi” hamda “Al-Xorazmiy” mahalla fuqarolari bilan sayyor qabul uchrashuvi tashkil etildi.

️Uchrashuvda mahalla yettiligi, nuroniylar, yoshlar, xotin-qizlar faollari hamda tegishli soha vakillari faol ishtirok etdi. Ochiq va samimiy muloqot davomida aholini qiynab kelayotgan dolzarb muammolar muhokama qilinib, ularni amaliy hal etish bo‘yicha taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

🔹 Muhokama markazida:

— issiq suv ta’minotidagi uzilishlar;

— lift xo‘jaligini modernizatsiya qilish;

— kommunal xizmatlar faoliyatidagi kamchiliklar;

— maktablarni mukammal ta’mirlash;

— yangi zamonaviy poliklinika qurilishi;

— bolalar maydonchalarini rekonstruksiya qilish kabi masalalar bo‘ldi.

Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash, xususan onkologik kasallikka chalingan bolalarga yordam ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat A.A.Xusainov tomonidan bildirilgan barcha murojaatlar qat’iy nazoratga olinishi, masalalarni bosqichma-bosqich hal etish hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

️Mazkur uchrashuv aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, fuqarolar muammolarini joyida o‘rganish va ularni samarali hal etish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Slide 1 of 6