Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT USHIRASIWI BOLIP ÓTTI
янв.21
Deputat jaslar menen ushırastı
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi
янв.21
"Tagjap" awıl puqaralar jıyınındaǵı qurılıs jumısları úyrenildi
янв.21
ÁHMIETLI NIZAMLAR DEPUTATLAR ARASINDA BÓLISTIRILDI.
янв.21
Shımbay rayonında Ózbekstan Respublikası Prezidenti Administraciyası hám Densawlıqtı saqlaw ministrliginiń baslaması menen respublikamız boylap ótkerilip atırǵan "Salamatlıq marafonı"na start berildi.
янв.21
“Abat mákán” MPJ aymaǵındaǵı “Yahya másnáwıy iyshan” qoyımshılıǵı jaǵdayı úyrenildi
янв.21
EKSPERT TOPARI MÁJILISI BOLIP ÓTTI
янв.21
KEŃESI BASLÍǴÍNÍŃ ÁSKERIY TARAW QÁNIGELERI MENEN UShÍRASÍWÍ
янв.21
WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
AHOLI VA BOLALARNING SPORT BILAN SHUG‘ULLANISHI UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI.

Mahallalarda aholi, ayniqsa yoshlar va bolalar uchun sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini kengaytirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida mavjud sport inshootlari, umumta’lim maktablari, kollej va akademik litseylarning sport zallari hamda ulardagi sport anjomlarining mavjudligi va texnik holati atroflicha o‘rganilmoqda.️ Sport zallarining yoritilishi, isitish tizimi, pol qoplamasi, xavfsizlik talablari, shuningdek, sport inventarlarining yetarliligi va ulardan foydalanish darajasi tahlil qilinmoqda. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda moddiy-texnik bazani mustahkamlash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilmoqda. Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputati, doimiy komissiya raisi Mahmudova Baxtinisa Zuxriddinovna Parkent tumanidagi 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida boʻldi.️ Oʻrganish davomida maktab sport zalining holati, mavjud sport anjomlari va o‘quvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini o‘tkazish sharoitlari ko‘zdan kechirildi. O‘rganish jarayonida sport anjomlaridan samarali foydalanilayotgani qayd etildi. Shuningdek, ta’lim sifati, o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar, moddiy-texnik baza hamda pedagoglarning faoliyati bilan tanishildi. O‘qituvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammo va takliflar tinglandi.

Slide 1 of 4