Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT USHIRASIWI BOLIP ÓTTI
янв.21
Deputat jaslar menen ushırastı
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi
янв.21
"Tagjap" awıl puqaralar jıyınındaǵı qurılıs jumısları úyrenildi
янв.21
ÁHMIETLI NIZAMLAR DEPUTATLAR ARASINDA BÓLISTIRILDI.
янв.21
Shımbay rayonında Ózbekstan Respublikası Prezidenti Administraciyası hám Densawlıqtı saqlaw ministrliginiń baslaması menen respublikamız boylap ótkerilip atırǵan "Salamatlıq marafonı"na start berildi.
янв.21
“Abat mákán” MPJ aymaǵındaǵı “Yahya másnáwıy iyshan” qoyımshılıǵı jaǵdayı úyrenildi
янв.21
EKSPERT TOPARI MÁJILISI BOLIP ÓTTI
янв.21
KEŃESI BASLÍǴÍNÍŃ ÁSKERIY TARAW QÁNIGELERI MENEN UShÍRASÍWÍ
янв.21
WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
HUDUD OBODLIGI YO‘LIDA: NAVBATDAGI DEPUTATLIK NAZORATI

Deputatlar faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlari saylangan hududlarda o‘rganishlar o‘tkazish bo‘yicha savolnomaning 17-bandi (Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati?(hududingizdan kelib chiqqan xolda)) ijrosini ta’minlash bo‘yicha Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati B.Baltayev “J.Manguberdi” mahallasida bo‘lib, mahallada aholi tomonidan maxsus tashlanadigan chiqindilarni olib chiqib ketish xolatini o‘rgandi. 

 Deputat o‘z saylov okrugidagi xonadonlar va ko‘p qavatli uylar atrofini ko‘zdan kechirib, chiqindilarni
olib chiqib ketish xizmati faoliyatini tahlil qildi. O‘rganish davomida quyidagilarga asosiy e’tibor qaratildi:
 

· Chiqindi tashish mashinalarining belgilangan jadvalga amal qilishi va aholi yashash punktlaridan o‘z vaqtida chiqindilarni olib chiqib ketish holati o‘rganildi. 

· Mahalla hududidagi chiqindi yig‘ish maydonchalari (punktlari)ning holati, ularning sanitariya talablariga javob berishi hamda atrofga noxush hid tarqalishining oldini olish choralari ko‘rildi. 

Suhbat davomida ayrim fuqarolar tomonidan chiqindi tashish punktlarining uzoqligi yoki to‘lov tizimidagi tushunmovchiliklar bo‘yicha bildirilgan murojaatlar qayd etildi. 

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida, hududga xizmat ko‘rsatuvchi korxona mas’ullariga chiqindi tashish grafigini qat’iy nazoratga olish va maydonchalarni o‘z vaqtida dezinfeksiya qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Mazkur masala yuzasidan shahar Kengashining tegishli doimiy komissiyasiga ma’lumot kiritish va zarur hollarda deputatlik so‘rovi yuborish belgilab olindi. 

Slide 1 of 2