Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi tárepinen 11-15-may kúnleri ótkeriletin ilajlar rejesi.
янв.21
#HÁPTELIK_DAYJEST
янв.21
9-may Eslew hám qádirlew kúni
янв.21
“Qamıs arıq” APJ aymaǵındaǵı 11-sanlı Mektepke shekemgi bilimlendiriw mákemesiniń jumısı úyrenildi
янв.21
Халық саламатлығын қорғаў жолындағы әҳмийетли қәдем
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi deputatı G.Eshmuratovanıń deputatlıq sorawı
янв.21
“Qamıs arıq” APJ aymaǵındaǵı 11-sanlı Shańaraqlıq poliklinikanıń jumısı úyrenildi
янв.21
Aymaqtaǵı pilleshilik jumısı menen jaqınnan tanıstı
янв.21
“Qamıs arıq” máhálle jetiligi iskerligi úyrenildi
янв.21
“Keńes” APJ aymaǵındaǵı sociallıq obektler úyrenildi
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

9-aprel kuni “Sardoba universal cluster MCHJ” sanoat kompleksida yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan muhim tadbir — Mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Mazkur yarmarkada ishsiz yoshlar, otaliqqa olinganlar, ichki ishlar organlari nazoratida turganlar, aliment majburiyatiga ega fuqarolar hamda dual ta’lim asosida mehnat faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan yoshlar faol ishtirok etdi.

Tadbirda 16-Birlashgan saylov okrugi deputat G. Suvonqulova ham qatnashib, yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordi. U o‘z nutqida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va jamiyatda munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi. Shuningdek, bunday yarmarkalar yoshlarning hayotida muhim burilish nuqtasi bo‘lishi, ularning kelajakka ishonchini mustahkamlashini alohida qayd etdi.

Yarmarka davomida korxona mutasaddilari tomonidan mavjud bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etilib, ishtirokchilarga o‘z qiziqish va malakalariga mos ish tanlash imkoniyati yaratildi. Eng e’tiborlisi, tadbir jarayonining o‘zida ko‘plab yoshlar bilan bevosita mehnat shartnomalari tuzildi.

Mazkur tashabbus yoshlarning bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni halol mehnatga jalb etish orqali jamiyatda barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 1