Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi tárepinen 11-15-may kúnleri ótkeriletin ilajlar rejesi.
янв.21
#HÁPTELIK_DAYJEST
янв.21
9-may Eslew hám qádirlew kúni
янв.21
“Qamıs arıq” APJ aymaǵındaǵı 11-sanlı Mektepke shekemgi bilimlendiriw mákemesiniń jumısı úyrenildi
янв.21
Халық саламатлығын қорғаў жолындағы әҳмийетли қәдем
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi deputatı G.Eshmuratovanıń deputatlıq sorawı
янв.21
“Qamıs arıq” APJ aymaǵındaǵı 11-sanlı Shańaraqlıq poliklinikanıń jumısı úyrenildi
янв.21
Aymaqtaǵı pilleshilik jumısı menen jaqınnan tanıstı
янв.21
“Qamıs arıq” máhálle jetiligi iskerligi úyrenildi
янв.21
“Keńes” APJ aymaǵındaǵı sociallıq obektler úyrenildi
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi 14-Navruz okrugi deputati S. Abduvaliyeva tashabbusi bilan Navro‘z mahallasida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan muhim yig‘ilish tashkil etildi. Mazkur tadbirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, mahalla faollari, nuroniylar hamda yoshlar keng ishtirok etib, hududdagi ijtimoiy muhitni yanada barqarorlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida jinoyatchilikka sabab bo‘layotgan omillar tahlil qilinib, ayniqsa yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Deputat S. Abduvaliyeva o‘z nutqida fuqarolarning hushyorligi, mahallada o‘zaro hamjihatlik va mas’uliyat muhitini mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Shuningdek, profilaktika ishlarini kuchaytirish, har bir xonadon bilan tizimli ishlash, muammolarni erta aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Mutasaddi tashkilotlar va mahalla faollarining o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish yuzasidan takliflar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish orqali mahallada tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda jinoyatchilikning oldini olishga erishish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Slide 1 of 3