Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi tárepinen 11-15-may kúnleri ótkeriletin ilajlar rejesi.
янв.21
#HÁPTELIK_DAYJEST
янв.21
9-may Eslew hám qádirlew kúni
янв.21
“Qamıs arıq” APJ aymaǵındaǵı 11-sanlı Mektepke shekemgi bilimlendiriw mákemesiniń jumısı úyrenildi
янв.21
Халық саламатлығын қорғаў жолындағы әҳмийетли қәдем
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi deputatı G.Eshmuratovanıń deputatlıq sorawı
янв.21
“Qamıs arıq” APJ aymaǵındaǵı 11-sanlı Shańaraqlıq poliklinikanıń jumısı úyrenildi
янв.21
Aymaqtaǵı pilleshilik jumısı menen jaqınnan tanıstı
янв.21
“Qamıs arıq” máhálle jetiligi iskerligi úyrenildi
янв.21
“Keńes” APJ aymaǵındaǵı sociallıq obektler úyrenildi
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi

Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi viloyat hududiy boʻlinmasi tashabbusi bilan “Demokratik islohotlarda mahalliy Kengashlar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

 Tadbirda xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati I.Ismatov, mahalliy Kengash deputatlari, siyosiy partiyalar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari ishtirok etdi.

Davra suhbatida davlat boshqaruvida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash hamda qaror qabul qilish jarayonlarida aholining ijtimoiy faolligini oshirish masalalariga asosiy eʼtibor qaratildi.

Xususan, mahalliy Kengashlar tomonidan hududiy dasturlar va Kengash qaror loyihalarini ishlab chiqish hamda ularning ijrosi ustidan nazorat borasida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorligini oshirish masalalari tahlil qilindi.

Shuningdek, bugungi kunda xalq deputatlari Kengashlari tomonidan fuqarolik jamiyati institutlari bilan yoʻlga qoʻyilgan mavjud hamkorlikning amaliy natijalari, Kengash huzuridagi Ekspertlar guruhlari faoliyatida nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarini ishtirokini taʼminlashning muhim jihatlari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, tadbirda mahalliy Kengash deputatlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil etish borasidagi amaliy ish tajribalari boʻyicha oʻzaro fikr almashishdi.

Davra suhbati yakunida ushbu yoʻnalishdagi muammo va vazifalar tahlil qilinib, ularni bosqichma-bosqich hal etish boʻyicha aniq taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
 

Slide 1 of 3