Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Tagjap" awıl puqaralar jıyınındaǵı qurılıs jumısları úyrenildi
янв.21
ÁHMIETLI NIZAMLAR DEPUTATLAR ARASINDA BÓLISTIRILDI.
янв.21
Shımbay rayonında Ózbekstan Respublikası Prezidenti Administraciyası hám Densawlıqtı saqlaw ministrliginiń baslaması menen respublikamız boylap ótkerilip atırǵan "Salamatlıq marafonı"na start berildi.
янв.21
“Abat mákán” MPJ aymaǵındaǵı “Yahya másnáwıy iyshan” qoyımshılıǵı jaǵdayı úyrenildi
янв.21
EKSPERT TOPARI MÁJILISI BOLIP ÓTTI
янв.21
KEŃESI BASLÍǴÍNÍŃ ÁSKERIY TARAW QÁNIGELERI MENEN UShÍRASÍWÍ
янв.21
WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi tárepinen 4-8-may kúnleri ótkeriletin ilajlar rejesi.
янв.21
“JASLAR MÁSLÁHÁT TOPARI” QATINASÍWÍNDA OQÍW-SEMINAR BOLIP ÓTTI
янв.21
JERGILIKLI KEŃES JUMISLARI ÚYRENILDI
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining tegishli doimiy komissiyasi yig‘ilishida tuman mahalliy budjetining 2026 yil 1-chorak yakuni bo‘yicha shakllangan qo‘shimcha manbalar hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish masalasi atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilishda mas’ul tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2026 yilning 1-choragi davomida mahalliy budjet daromadlari reja ko‘rsatkichlaridan ortig‘i bilan bajarilib, qo‘shimcha moliyaviy manbalar shakllantirilgan. Ushbu mablag‘larni samarali va maqsadli yo‘naltirish, eng avvalo, hududdagi dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

Yig‘ilish davomida har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq taklif va mulohazalar bildirilib, ajratiladigan mablag‘larning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, ularning maqsadli sarflanishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish zarurligi qayd etildi.

Muhokamalar yakunida doimiy komissiya tomonidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqilib, ushbu masala Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqish uchun kiritilishi belgilandi.

Slide 1 of 1