Boyovut tumanida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati mudiri Xusnara Berdiyarovaning 2026-yil 28-aprel kuniga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari orqali “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga kelib tushgan murojaatlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🏢 Shu maqsadda Xalq qabulxonasiga tashrif buyurilib, qabulxona xodimlari bilan muloqot o‘tkazildi.
🤝 Jarayonda tuman Kengashi deputatlari hamda kotibiyat mudiri Xusnara Berdiyarova ishtirok etib, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan muhokamalar olib borildi.
📝 O‘rganishlar davomida kelib tushayotgan murojaatlarning aksariyati bolalar nafaqasi masalalari bilan bog‘liqligi qayd etilib, ushbu yo‘nalishda muammolarni tizimli hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.
🔎 Mazkur ishlar fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning ijobiy yechimini ta’minlashga xizmat qiladi.