Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
САЙЛАЎШЫЛАРДЫҢ ТАМАРҚА СУЎЛАРЫНА БОЛҒАН МҮТӘЖЛИКЛЕРИ ҚАНААТЛАНБАҚТА
янв.21
Qarardıń orınlanıwı úyrenilmekte
янв.21
úy taliminde bilim alıp atırǵan S.Aytmuratovtıń jasaw sharayatları, densawlıǵı hám bilim alıw imkaniyatların úyrenildi
янв.21
STOMATOLOGIYA POLIKLINIKASI JUMISI ÚYRENILDI
янв.21
Kishi biznes hám jeke isbilermenlik subektleri jumısı menen tanıstı
янв.21
“Qarakól” máhálle jetiligi iskerligi úyrenildi
янв.21
#HÁPTELIK_DAYJEST
янв.21
ЖАСЛАР – САЛАМАТ ТУРМЫС ТӘРЕПДАРЫ
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi deputatı L.Mamutovanıń deputatlıq sorawı
янв.21
MÁHÁLLEDEGI TAMARQA JERLERI HÁM ISSIXANALAR JUMISLARI ÚYRENILDI
Deputat so‘rovi natija berdi

Deputat so‘rovi natija berdi

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati M. Eshniyozov tomonidan ko‘tarilgan muammolar o‘z yechimini topdi.

Navoiy shahridagi Ibn Sino ko‘chasida joylashgan yotoqxonalarda yuqori qavatlarga ichimlik suvi chiqmasligi aholini uzoq vaqtdan beri qiynab kelayotgan edi. Masala o‘rganilib, nasos uskunalari orqali 7–8-qavatlarga suv yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, yotoqxonadagi yuvinish xonalari bo‘yicha ham aniqlik kiritildi: ular faqat birinchi qavatda emas, balki yuqori qavatlarda ham faoliyat yuritmoqda.

Yana bir muhim jihat — 2026 yilning ikkinchi yarmida mazkur yotoqxonalarda yuvinish xonalarini ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Deputat so‘rovi orqali ko‘tarilgan masalalar e’tiborsiz qolmadi va amalda ijobiy o‘zgarishlar boshlandi.

Slide 1 of 2