Saylovchilar murojaatlari e’tiborda – deputat joylarda o‘rganmoqda
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi 2-Guliston saylov okrugi deputati Yakubov Islom hududdagi saylovchilar holidan xabar olib, ularning turmush sharoiti, muammo va ehtiyojlarini o‘rganish maqsadida uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy soha, infratuzilma, bandlik, kommunal xizmatlar va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Deputat har bir murojaatni alohida tinglab, ularni joyida o‘rganish va hal etish choralarini ko‘rish zarurligini ta’kidladi. Ayrim masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tezkor choralar belgilandi, murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.