Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati J.Uskanov tomonidan tumandagi maktab va bog‘chalarda maishiy chiqindilar to‘planib qolayotgani yuzasidan "Toza hudud" korxonasiga yuborilgan so‘rov o‘z natijasini berdi.
Aniqlanishicha, yoqilg‘i ta’minotidagi uzilishlar sababli chiqindi tashish xizmati belgilangan grafikdan ortda qolgan. Deputat so‘rovidan so‘ng, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish uchun qo‘shimcha ishchi kuchi va maxsus texnikalar safarbar etildi.
Hozirda barcha ta’lim muassasalari hududi to‘plangan chiqindilardan to‘liq tozalanib, sanitariya holati tartibga keltirildi.