Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SEMINAR BOLIP ÓTTI
янв.21
DEPUTATLAR QATNASIWINDA OQIW-SEMINAR BOLIP ÓTTI
янв.21
BASLI WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
янв.21
ÓNERMENTSHILIK JUMISI MENEN JAQINNAN TANISTI
янв.21
❗️ Баслы ўазыйпалар белгилеп алынды
янв.21
“Jipek jolı” máhálle jetiligi iskerligi úyrenildi
янв.21
Subsidiya tiykarında quyash panellerin ornatıw jumısları úyrenildi
янв.21
ДЕПУТАТЛАР ТӘРЕПИНЕН МЕКТЕПТЕН ТЫСҚАРЫ БИЛИМЛЕНДИРИЎ СИСТЕМАСЫНЫҢ ЖАҒДАЙЫ ҮЙРЕНИЛДИ
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi deputatı S.Abdievanıń deputat múrájatı
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi deputatı S.Abdievanıń deputat múrájatı
Tumanda “Yoshlar ovozi — Bo‘zatov Fest 2026” tanlovi o‘tkazildi.

Tumanda “Yoshlar ovozi — Bo‘zatov Fest 2026” tanlovi o‘tkazildi.

️ Xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashi huzuridagi “Yoshlar maslahat guruhi” rahbari D.Sattorov boshchiligida tumanda “Yoshlar ovozi — Bo‘zatov Fest 2026” tanlovi o‘tkazildi.

️ Mamlakatimizda yoshlarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish, ularning san’at va madaniyatga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida “Yoshlar ovozi — Bo‘zatov Fest 2026” respublika tanloviga keng ko‘lamda start berildi. Ushbu nufuzli tanlov yurtimizning turli hududlaridan minglab iste’dodli yoshlarni bir sahnada jamlab, ularning iqtidorini namoyon etish uchun muhim maydon vazifasini o‘tamoqda.

Sariosiyo tuman Madaniyat markazida yoshlar o‘rtasida tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bosqichda tumanning turli hududlaridan tashrif buyurgan iqtidorli yoshlar o‘zlarining vokal, ijro mahorati, sahna madaniyati hamda san’atga bo‘lgan mehrini namoyish etdilar.

Tadbir davomida ishtirokchilarning chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan adolatli baholanib, eng munosib nomzodlar keyingi — hududiy bosqichga yo‘llanma oldi. Tanlov nafaqat yoshlarning iste’dodini yuzaga chiqarish, balki ularni qo‘llab-quvvatlash, ruhlantirish va kelgusida katta sahnalarga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

“Yoshlar ovozi — Bo‘zatov Fest 2026” tanlovi orqali yurtimizda yangi-yangi iste’dod egalari kashf etilishi, milliy san’atimiz rivojiga munosib hissa qo‘shadigan yoshlar safi kengayishi kutilmoqda.

Slide 1 of 3