Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi tárepinen 11-15-may kúnleri ótkeriletin ilajlar rejesi.
янв.21
#HÁPTELIK_DAYJEST
янв.21
9-may Eslew hám qádirlew kúni
янв.21
“Qamıs arıq” APJ aymaǵındaǵı 11-sanlı Mektepke shekemgi bilimlendiriw mákemesiniń jumısı úyrenildi
янв.21
Халық саламатлығын қорғаў жолындағы әҳмийетли қәдем
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi deputatı G.Eshmuratovanıń deputatlıq sorawı
янв.21
“Qamıs arıq” APJ aymaǵındaǵı 11-sanlı Shańaraqlıq poliklinikanıń jumısı úyrenildi
янв.21
Aymaqtaǵı pilleshilik jumısı menen jaqınnan tanıstı
янв.21
“Qamıs arıq” máhálle jetiligi iskerligi úyrenildi
янв.21
“Keńes” APJ aymaǵındaǵı sociallıq obektler úyrenildi
Uchtepa tumanida PQ-311 ijrosi - 25-sonli oilaviy poliklinika faoliyati tahlil qilindi

Uchtepa tumanida PQ-311 ijrosi - 25-sonli oilaviy poliklinika faoliyati tahlil qilindi

 🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov tumandagi 25-sonli oilaviy poliklinika faoliyati bilan yaqindan tanishdi. O‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-311-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi, xususan, birlamchi tibbiy xizmat sifatini oshirish, aholini dori vositalari bilan ta’minlash hamda tibbiy xizmatlar qulayligini kengaytirish yo‘nalishlarida olib borildi.

 📊 Tahlillar jarayonida reamursatsiya dasturining amaldagi holatiga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu dastur orqali aholining dori-darmon xarajatlarini qoplash mexanizmi, uning samaradorligi va amaliy natijalari o‘rganildi. Ma’lum bo‘lishicha, 25-sonli oilaviy poliklinikada reamursatsiya dasturi uchun jami 89 mln. so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.

 📇 Ayni paytda mazkur tibbiyot muassasasida 204 nafar xodim faoliyat yuritmoqda. Poliklinika Birlik, Guzar, Ko‘hna Cho‘pon ota, Bog‘iston hamda Bog‘obod mahallalarida istiqomat qiluvchi jami 40 750 nafar fuqaroga tibbiy xizmat ko‘rsatadi. Hudud aholisi uchun birlamchi tibbiy yordamning uzluksizligi va sifati ta’minlanayotgani bilan birga, murojaatlar bilan ishlash tizimi ham atroflicha tahlil qilindi.

 📝 O‘rganishlar davomida fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning muammolariga tezkor yechim topish masalalari muhim yo‘nalish sifatida baholandi. Ayrim yo‘nalishlarda tizimli kamchiliklar mavjudligi qayd etilib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqildi.

 📁 O‘rganishlar yakuni bo‘yicha tuman tibbiyot birlashmasi rahbariga deputatlik so‘rovi chiqarilishi belgilandi. Ushbu so‘rov orqali aniqlangan muammolarni bartaraf etish, PQ-311 ijrosini yanada samarali tashkil etish hamda reamursatsiya dasturi imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishni ta’minlash ko‘zda tutilmoqda.

 ↗️ Umuman olganda, o‘rganishlar birlamchi tibbiy xizmat tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar muayyan natijalar berayotganini ko‘rsatish bilan birga, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish zarurligini ham yana bir bor tasdiqladi.

Slide 1 of 8