Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT USHIRASIWI BOLIP ÓTTI
янв.21
Deputat jaslar menen ushırastı
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi
янв.21
"Tagjap" awıl puqaralar jıyınındaǵı qurılıs jumısları úyrenildi
янв.21
ÁHMIETLI NIZAMLAR DEPUTATLAR ARASINDA BÓLISTIRILDI.
янв.21
Shımbay rayonında Ózbekstan Respublikası Prezidenti Administraciyası hám Densawlıqtı saqlaw ministrliginiń baslaması menen respublikamız boylap ótkerilip atırǵan "Salamatlıq marafonı"na start berildi.
янв.21
“Abat mákán” MPJ aymaǵındaǵı “Yahya másnáwıy iyshan” qoyımshılıǵı jaǵdayı úyrenildi
янв.21
EKSPERT TOPARI MÁJILISI BOLIP ÓTTI
янв.21
KEŃESI BASLÍǴÍNÍŃ ÁSKERIY TARAW QÁNIGELERI MENEN UShÍRASÍWÍ
янв.21
WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
Chilonzor tuman hokimining yoshlar siyosati,ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari M.Kamilovga Deputat so‘rovi yuborildi

Chilonzor tuman hokimining yoshlar siyosati,ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari M.Kamilovga Deputat so‘rovi yuborildi.

So‘rovda Chilonzor tumani “Al Xorazmiy” mahalla aholisi va saylovchilari tomonidan mahalla hududida joylashgan 126 – sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabini kengaytirib yangi qo‘shimcha bino qurish masalasi ular bilan tizimli ravishda o‘tkazilib kelinayotgan uchrashuvlarda qayta qayta ko‘tarilib kelinayotgani aytilgan.

 Mazkur 126 – sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi 1987 - yilda qurib bitkazilib foydalanishga topshirilgani, o‘sha davrda maktab shu hududda va hudud atrofida yashovchi aholining maktab yoshidagi farzandlari sonidan kelib chiqib qurilgani va 40 yilga yaqin o‘tgan vaqt mobaynida o‘sha davrda 1050 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan 58 ta sinf xonasiga ega bo‘lgan mazkur maktabda hozirgi kunda ikki smenada ertalab soat 08-00 dan to qorong‘u tushgunga qadar, ya’ni 18-35 gacha 2000 nafarga yaqin o‘quvchi ilm olayotgani aytib o‘tilgan.

 Maktabda qo‘shimcha dars xonalarining, amaliy mashg‘ulotlar o‘tish uchun maxsus jihozlangan xonalarning ayniqsa kundalik zarur bo‘lgan oddiy sinf xonalarining yetishmayotganligi kun davomida to‘xtovsiz darslarni davom etayotganligi saylovchilar ta’kidlaganidek maktabda ta’lim sifatini, o‘quvchilarning bilim olish darajasining pasayishiga sabab bo‘lmoqda.

 Mazkur masalani o‘ta dolzarbligini inobatga olgan holda shu yili O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Oripov tomonidan ushbu masalaga mas’ul bo‘lgan mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan maktab hududiga tashrif buyurib, maktab hududida qurilishi lozim bo‘lgan qo‘shimcha yangi bino bo‘yicha mutasaddilarga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berilgani va yangi o‘quv yili boshlanishiga yarim yildan kam vaqt qolayotganligi sababli aholi va maktab jamoasining hamda saylovchilarning bu masala bo‘yicha talablari, so‘rovlari kundan kunga ortib borayotganligi va bu bo‘yicha qanday ishlar olib borilayotganligi so‘ralgan.

Slide 1 of 1