Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SEMINAR BOLIP ÓTTI
янв.21
DEPUTATLAR QATNASIWINDA OQIW-SEMINAR BOLIP ÓTTI
янв.21
BASLI WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
янв.21
ÓNERMENTSHILIK JUMISI MENEN JAQINNAN TANISTI
янв.21
❗️ Баслы ўазыйпалар белгилеп алынды
янв.21
“Jipek jolı” máhálle jetiligi iskerligi úyrenildi
янв.21
Subsidiya tiykarında quyash panellerin ornatıw jumısları úyrenildi
янв.21
ДЕПУТАТЛАР ТӘРЕПИНЕН МЕКТЕПТЕН ТЫСҚАРЫ БИЛИМЛЕНДИРИЎ СИСТЕМАСЫНЫҢ ЖАҒДАЙЫ ҮЙРЕНИЛДИ
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi deputatı S.Abdievanıń deputat múrájatı
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi deputatı S.Abdievanıń deputat múrájatı
#tavsiyalar_asosida

#tavsiyalar_asosida

Kogon shahrida Xalq deputatlari shahar Kengashi raisi A. Yangiyev, deputat D. Arabova hamda mutaxassislar I. Ikromov va Z. Temirovalar Beruniy mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlarini olib bordi.

Tadbir davomida hududda xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi. Aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan aniq vazifalar belgilandi, mas’ullarga qat’iy topshiriqlar berildi. Deputatlar va mutaxassislar tomonidan mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi, tegishli hujjatlashtirish va hisobot ishlari tahlil qilindi.

Davlat tomonidan xotin-qizlar bandligi va tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qator imtiyozlar joriy etilgan. Jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan xotin-qizlar uchun bir yil muddatga soliq imtiyozlari, shuningdek, uy sharoitida hunarmandchilik, tikuvchilik va xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchilarga foizsiz kreditlar ajratilishi belgilangan. Monomarkazlar va Bandlikka ko‘maklashish markazlari orqali bepul kasb-hunar, kompyuter va tadbirkorlik kurslari tashkil etilgan. “Temir daftar” va “Ayollar daftari” doirasida moddiy yordam, ishga joylashtirish kvotalari va subsidiyalar ham taqdim etilmoqda. O‘rganish davomida mazkur imtiyozlardan foydalanishning amaldagi holati, ularning samaradorligi va aholiga yetkazilish darajasi tahlil qilindi.

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) /Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) /Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/ Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)

Slide 1 of 5