Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Jipek jolı” máhálle jetiligi iskerligi úyrenildi
янв.21
Subsidiya tiykarında quyash panellerin ornatıw jumısları úyrenildi
янв.21
ДЕПУТАТЛАР ТӘРЕПИНЕН МЕКТЕПТЕН ТЫСҚАРЫ БИЛИМЛЕНДИРИЎ СИСТЕМАСЫНЫҢ ЖАҒДАЙЫ ҮЙРЕНИЛДИ
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi deputatı S.Abdievanıń deputat múrájatı
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi deputatı S.Abdievanıń deputat múrájatı
янв.21
Aymaqtaǵı xızmet kórsetiw tarawları úyrenildi
янв.21
Депутат_мәҳәлледе
янв.21
САЙЛАЎШЫЛАРДЫҢ ТАМАРҚА СУЎЛАРЫНА БОЛҒАН МҮТӘЖЛИКЛЕРИ ҚАНААТЛАНБАҚТА
янв.21
Qarardıń orınlanıwı úyrenilmekte
янв.21
úy taliminde bilim alıp atırǵan S.Aytmuratovtıń jasaw sharayatları, densawlıǵı hám bilim alıw imkaniyatların úyrenildi
O‘z yechimini topmagan muammolar hal etilmoqda

 🔹Uchko‘prik tumani hokimi, mahalliy kengash deputati Qodirjon Erkaboyev ishtirokida aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilish, muammolarni aniqlash va hal etish maqsadida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Qabulda tuman prokurori O‘ktamjon Yo‘lchiyev, ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Ilhomjon Ishanqulov, tuman Kengashi deputatlari, hokim o‘rinbosarlari, mas’ul tashkilot va muassasalar vakillari ham ishtirok etdi. Qabul davomida 32 nafar fuqaro tomonidan tibbiy yordam, ijtimoiy-iqtisodiy, kommunal sohalar va mahalla infratuzilmasini yaxshilash kabi masalalarga oid taklif va
murojaatlar bildirildi.
 

Muammolarning aksariyatiga qabul chog‘ida mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirokida ijobiy yechim topildi. Ijrosi ma’lum muddat va qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar mutasaddi rahbarlarga biriktirilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi. 

"Soy bo‘yi" mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi tomonidan ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash uchun suv minorasi o‘rnatilishida amaliy yordam so‘rab murojaat qilingan edi. Murojaat qisqa fursatda ijobiy hal etilib, tuman hokimligi tomonidan zarur mablag‘ yo‘naltirilib, mahalla hududiga yangi suv minorasi o‘rnatildi. 

"Turg‘oq" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Sherali Qodirov elektr ta’minotini yaxshilash uchun yangi transformator o‘rnatilishida amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan. Mazkur murojaat bo‘yicha qisqa fursatda tuman hokimligi tomonidan yo‘naltirilgan mablag‘ hisobidan mahalla hududiga yangi transformator olib kelindi. 

  Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1