Yig‘ilishda komissiya a’zolari, kotibiyat mudiri M.O‘razbayev, bosh mutaxassislar Z.Darmonov B.Allaberganov shuningdek partiya rahbarlari va Yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirok etdi
Unda Kengash ish rejasiga muvofiq navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritiladigan masalalar muhokama qilindi. Jumladan:
-“Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi” daromadlari va xarajatlari ijrosi hamda mahalla institutini rivojlantirishga qaratilgan farmon va qarorlar ijrosi;
-Amudaryo tumani budjetining qo‘shimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash masalalari ko‘rib chiqildi va qarorlar qabul qilindi