Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QURILIS ÓNIMLERI ISLEP SHIǴARILMAQTA
янв.21
Turaqlı komissiya májlisi ótkerildi
янв.21
Shımbay rayonı Sanitariya-epidemiologiya tınıshlıq hám jámiyetlik salamatlıǵı orayı
янв.21
“Shımbay beton” JSHJ islep shıǵarıw kárxanası
янв.21
“KEŃES” AWIL PUQARALAR JIYINI ISHIMLIK SUWI TÁMIYNATI JAQSILANBAQTA
янв.21
ҮЙРЕНИӮ БАРЫСЫНДА ДЕПУТАТ БИЛИМ БЕРИЎ МЕКТЕБИНИҢ МАТЕРИАЛЛЫҚ-ТЕХНИКАЛЫҚ ЖАҒДАЙЫН ҮЙРЕНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ СОЦИАЛЛЫҚ ОБЪЕКТЛЕРДИ ҮЙРЕНДИ
янв.21
DEPUTAT BASLAMASÍ MENEN IShKI JOLLAR MAShQALASÍ ShEShILMEKTE
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDEGI SOCIALLIQ OBEKTLERDI ÚYRENDI
янв.21
DEPUTAT ESABAT TIŃLANDI
QONUN USTUVORLIGI - FAOLIYAT SAMARADORLIGINING ASOSI

 QONUN USTUVORLIGI - FAOLIYAT SAMARADORLIGINING ASOSI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi raisi Z.Ashurov hamda Kengash kotibiyati mudiri R.Nodirovlar tashabbusi bilan tuman Kengashi deputatlari, Kengash huzuridagi ekspert-maslahat guruhi hamda Yoshlar maslahat guruhi vakillari ishtirokida qonun talablarini chuqur
oʻrganishga qaratilgan navbatdagi oʻquv-seminar tashkil etildi.
 

Seminar davomida deputatlarning huquqiy bilimini yanada mustahkamlash, amaldagi qonun hujjatlarini toʻgʻri va samarali qoʻllash, shuningdek, ularning deputatlik faoliyatida masʼuliyat va samaradorlikni oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. 

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-419-son Qonuni hamda 2024-yil 5-iyunda qabul qilingan “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-931-son Qonuni mazmun-mohiyati yoritilib, ularning amaliyotdagi ahamiyati yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi. 

Seminar yakunida ishtirokchilarga qonun hujjatlarini joylarda samarali tatbiq etish, aholi oʻrtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish va targʻibot ishlarini olib borish, sohalarda uchrayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etish boʻyicha takliflar kiritish yuzasidan topshiriqlar berildi.  

Slide 1 of 2