Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QURILIS ÓNIMLERI ISLEP SHIǴARILMAQTA
янв.21
Turaqlı komissiya májlisi ótkerildi
янв.21
Shımbay rayonı Sanitariya-epidemiologiya tınıshlıq hám jámiyetlik salamatlıǵı orayı
янв.21
“Shımbay beton” JSHJ islep shıǵarıw kárxanası
янв.21
“KEŃES” AWIL PUQARALAR JIYINI ISHIMLIK SUWI TÁMIYNATI JAQSILANBAQTA
янв.21
ҮЙРЕНИӮ БАРЫСЫНДА ДЕПУТАТ БИЛИМ БЕРИЎ МЕКТЕБИНИҢ МАТЕРИАЛЛЫҚ-ТЕХНИКАЛЫҚ ЖАҒДАЙЫН ҮЙРЕНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ СОЦИАЛЛЫҚ ОБЪЕКТЛЕРДИ ҮЙРЕНДИ
янв.21
DEPUTAT BASLAMASÍ MENEN IShKI JOLLAR MAShQALASÍ ShEShILMEKTE
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDEGI SOCIALLIQ OBEKTLERDI ÚYRENDI
янв.21
DEPUTAT ESABAT TIŃLANDI
KICHIK SANOAT ZONASI FAOLIYATI OʻRGANILDI

 KICHIK SANOAT ZONASI FAOLIYATI OʻRGANILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari, Kengash
huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi aʼzolari bilan birgalikda Mingchinor
qishlogʻida joylashgan “Turk-1” kichik sanoat zonasida sanoatni rivojlantirish,
aholi bandligini taʼminlash, xotin-qizlar, ayniqsa yoshlar uchun yangi ish
oʻrinlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini
oʻrganish doirasida hududda yaqinda
tashkil etilgan “Naqqosh Ulugʻbek” xususiy korxonasiga boʻlib, u yerdagi sharoitlarni
oʻrgandilar.  

Mazkur korxona yumshoq mebellar toʻplami, zamonaviy
stol-stullar kabi jami 30 turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga
ixtisoslashgan. Ayni paytda korxonada 10 nafar yoshlarning doimiy bandligi
taʼminlangan boʻlib, kelgusida ishlab chiqarish hajmini kengaytirish orqali
yangi ish oʻrinlari yaratish rejalashtirilgan. 

Shuningdek, tashrif davomida mahsulotlarni ichki va tashqi
bozorlarga chiqarish, buyurtmalar hajmini oshirish, ishlab chiqarishni
diversifikatsiya qilish hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalari
yuzasidan fikr almashildi. 

Yakunida deputatlar tomonidan korxona rahbariga faoliyatini
yanada rivojlantirish, yoshlar bandligini oshirish, ishlab chiqarish koʻlamini
kengaytirish va davlat tomonidan yaratilayotgan imtiyoz hamda
qoʻllab-quvvatlash mexanizmlaridan samarali foydalanish boʻyicha amaliy
tavsiyalar berildi.  

Slide 1 of 5