Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HÚRMETLI MIYIRBIYKELER!
янв.21
WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi tárepinen 11-15-may kúnleri ótkeriletin ilajlar rejesi.
янв.21
#HÁPTELIK_DAYJEST
янв.21
9-may Eslew hám qádirlew kúni
янв.21
“Qamıs arıq” APJ aymaǵındaǵı 11-sanlı Mektepke shekemgi bilimlendiriw mákemesiniń jumısı úyrenildi
янв.21
Халық саламатлығын қорғаў жолындағы әҳмийетли қәдем
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi deputatı G.Eshmuratovanıń deputatlıq sorawı
янв.21
“Qamıs arıq” APJ aymaǵındaǵı 11-sanlı Shańaraqlıq poliklinikanıń jumısı úyrenildi
янв.21
Aymaqtaǵı pilleshilik jumısı menen jaqınnan tanıstı
📍 Hududlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda

📍 Hududlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda

Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari hududlarda holat yuzasidan tegishli o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Bugun Doimiy komissiya a’zolari Xusainov Abdixalik Nabiyevich, Xallakov Baxodirjon Abdukaxorovich, Fazilov Ramiz Yasharovich, Suleymanova Muyassarxon Nizamovna, Iskandarov Albert Shoyimovich, Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi kotobiyati bosh mutaxassisi Axmedjanova Xurriyat Faxritdinovna Yakkasaroy tumanida o‘rganishlar olib bordilar.

O‘rganishlar davomida Yakkasaroy tuman adliya bo‘limi huzuridagi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi rahbari Xalilov Fazliddin Asliddinovich bilan uchrashuv o‘tkazilib, markaz faoliyati yuzasidan atroflicha ma’lumotlar olindi.

Xususan, korrupsiyaning oldini olish maqsadida 1008 qisqa raqami orqali murojaatlarni qabul qilish tizimi yo‘lga qo‘yilgani, fuqarolarning barcha murojaatlari elektron tizim orqali ro‘yxatga olinayotgani va ko‘rib chiqilayotgani alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, korrupsion holatlarning oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida zamonaviy axborot tizimlaridan foydalanilayotgani, jumladan, “E-huquqshunos” tizimi orqali yuridik xizmatlar ko‘rsatish va murojaatlar bilan ishlash samaradorligi oshirilayotgani yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Yagona darcha markazining ish faoliyati ham o‘rganilib, kassaning ishlash tartibi, ko‘zi ojiz fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar mavjudligi ko‘rib chiqildi. Shuningdek, markazning birinchi qavatida tashkil etilgan kutubxona va undagi mavjud adabiyotlar bilan tanishildi.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi faoliyati ham o‘rganilib, yosh oilalarning nikohdan o‘tish jarayonida yaratilgan qulayliklar yuzasidan ma’lumotlar olindi.

Mazkur o‘rganishlar asosida tizim faoliyatini yanada takomillashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan yuridik xizmatlar sifatini oshirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarini kuchaytirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilishi belgilandi.

Slide 1 of 1