Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi tárepinen 11-15-may kúnleri ótkeriletin ilajlar rejesi.
янв.21
#HÁPTELIK_DAYJEST
янв.21
9-may Eslew hám qádirlew kúni
янв.21
“Qamıs arıq” APJ aymaǵındaǵı 11-sanlı Mektepke shekemgi bilimlendiriw mákemesiniń jumısı úyrenildi
янв.21
Халық саламатлығын қорғаў жолындағы әҳмийетли қәдем
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi deputatı G.Eshmuratovanıń deputatlıq sorawı
янв.21
“Qamıs arıq” APJ aymaǵındaǵı 11-sanlı Shańaraqlıq poliklinikanıń jumısı úyrenildi
янв.21
Aymaqtaǵı pilleshilik jumısı menen jaqınnan tanıstı
янв.21
“Qamıs arıq” máhálle jetiligi iskerligi úyrenildi
янв.21
“Keńes” APJ aymaǵındaǵı sociallıq obektler úyrenildi
Qonun ijrosi o‘rganildi

🔷Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq, O‘zbekiston “Milliy-tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat F.Axmedov tomonidan kotibiyat xodimi N.Kurganova ishtirokida “Rahnamo Servis” masuliyati cheklangan jamiyatning tuman filiali tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati sifati hamda tumanda O‘zbekiston Respublikasining “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga rioya etilish holati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

🔷O‘rganish davomida aholining qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha ishlar tasdiqlangan jadval asosida amalga oshirilish holatlari, aholi tomonidan kelib tushayotgan murojaatlar asosida ko‘rilayotgan choralar tahlil qilindi.

🔷Shuningdek, “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan jamiyatning tuman filiali rahbari U.Normetov bilan suhbatlashildi.

Bugungi kunda tumanning 50 ta mahallasidagi jami 128 ming nafar aholiga xizmat ko‘rsatilayotganligi, har kuni jami 22 ta maxsus transport vositalarining 17 tasi reysga chiqishi, kunida 300 kub metr hajmda chiqindilar tasdiqlangan jadvalga asosan olib chiqib ketilishi ma’lum qilinib, jamiyatning faoliyatida aholining jami 4,5 mlrd. so‘m miqdorda debitor qarzdorligi mavjudligi, chiqindi yig‘ish poligoni tumandan tashqari hududda joylashganligi, tumanda chiqindini vaqtincha yig‘ish va saralash maydoni mavjud emasligi, ayrim mahallalarda joylashgan dala hovli va mehmon uylaridan chiqayotgan chiqindilar shartnoma rasmiylashtirilmagan holda aholining chiqindi yig‘ish punktlariga olib borilayotganligi kabi muammolar sanab o‘tildi. 

🔷O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha deputat tomonidan tavsiyalar berilib, aholining debitorlik qarzdorliklarini kamaytirish yuzasidan targ‘ibot ishlarini kuchaytirish bo‘yicha hamkorlik taklif etildi.

Slide 1 of 7