Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SHIǴINDILARDI TASLAW ORINLARI ÚYRENILDI
янв.21
Awıl xojalıǵı eginlerin suwǵarıw ushın suw alıw limitlerin úyrenidi
янв.21
Shımbayda jańa tájiriybe
янв.21
Tabiyiy apat sebepli ziyan kórgen shańaraqlar úyrenilmekte
янв.21
QURILIS ÓNIMLERI ISLEP SHIǴARILMAQTA
янв.21
Turaqlı komissiya májlisi ótkerildi
янв.21
Shımbay rayonı Sanitariya-epidemiologiya tınıshlıq hám jámiyetlik salamatlıǵı orayı
янв.21
“Shımbay beton” JSHJ islep shıǵarıw kárxanası
янв.21
“KEŃES” AWIL PUQARALAR JIYINI ISHIMLIK SUWI TÁMIYNATI JAQSILANBAQTA
янв.21
ҮЙРЕНИӮ БАРЫСЫНДА ДЕПУТАТ БИЛИМ БЕРИЎ МЕКТЕБИНИҢ МАТЕРИАЛЛЫҚ-ТЕХНИКАЛЫҚ ЖАҒДАЙЫН ҮЙРЕНДИ
Doimiy komissiya a’zolari bilan yig‘ilish o‘tkazildi

📍 Doimiy komissiya a’zolari bilan yig‘ilish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi kotibiyati mudiri Mirkasimov Djasur Alisherovich va Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Mazkur yig‘ilishda hududlarda mavjud holatni chuqur o‘rganish, xususan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-son qarori ijrosining borishi atroflicha muhokama qilindi.

📄 Yig‘ilish davomida ushbu normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini samarali tashkil etish, hududlarda huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikni kamaytirish hamda aholi uchun xavfsiz muhitni shakllantirish bilan bir qatorda korrupsiya holatlarini oldini olish, uning kelib chiqish sabablarini aniqlash hamda korrupsiyaga barham berish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, mahallalarda profilaktik ishlarni kuchaytirish, tegishli tashkilotlar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish, shuningdek aholi bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi.

📃 Shuningdek, komissiya a’zolari tomonidan o‘zlariga taalluqli qonunlar doirasida hududlardagi tashkilotlar faoliyatini joyiga chiqib o‘rganish, mavjud kamchilik va muammolarni aniqlash, shu jumladan korrupsiyaga sabab bo‘layotgan omillarni tahlil qilish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish belgilab olindi.

✍️ Monitoring natijalariga asosan tegishli taklif va tavsiyalar tayyorlash, korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish hamda ularning ijrosini nazoratga olish bo‘yicha vazifalar yuklatildi.

✅ Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, hududlarda qonun ustuvorligini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish hamda xavfsiz muhitni yaratish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Slide 1 of 1