Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“KEŃES” AWIL PUQARALAR JIYINI ISHIMLIK SUWI TÁMIYNATI JAQSILANBAQTA
янв.21
ҮЙРЕНИӮ БАРЫСЫНДА ДЕПУТАТ БИЛИМ БЕРИЎ МЕКТЕБИНИҢ МАТЕРИАЛЛЫҚ-ТЕХНИКАЛЫҚ ЖАҒДАЙЫН ҮЙРЕНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ СОЦИАЛЛЫҚ ОБЪЕКТЛЕРДИ ҮЙРЕНДИ
янв.21
DEPUTAT BASLAMASÍ MENEN IShKI JOLLAR MAShQALASÍ ShEShILMEKTE
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDEGI SOCIALLIQ OBEKTLERDI ÚYRENDI
янв.21
DEPUTAT ESABAT TIŃLANDI
янв.21
✅ DEPUTATLAR ARASINDA TAJIRIYBE ALMASIW ILAJI ÓTKERILDI
янв.21
QARARDIŃ ORINLANIWI ÚYRENILMEKTE
янв.21
DEPUTAT AYMAQTAǴI SHAŃARAQLIQ POLIKLINIKANIŃ JUMISI MENEN ÚYRENILDI
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi deputatı D.Ajimuratovtıń deputatlıq sorawı.
Adirobod mahallasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Zarbdor tumanining Adirobod mahallasida aholi vakillari ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish, aholi orasida shukronalik hissini oshirish hamda jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, dinning insonparvarlik, ezgulik va bag‘rikenglik tamoyillari, qonun ustuvorligi hamda oila muqaddasligi yuzasidan keng tushuntirish ishlari olib borildi.

Mazkur tadbir doirasida Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 13-Adirobod saylov okrugidan saylangan deputat S.Keldibekova saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Xudoyarova hamda viloyat Kengashi deputati A.Raxmonqulov ham ishtirok etib, aholi bilan ochiq muloqot olib borildi.

Tadbir yakunida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida tayyorlangan videorolik namoyish etildi.

Mazkur tadbir aholi o‘rtasida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, huquqiy madaniyatni oshirish hamda yuksak qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 7