Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“KEŃES” AWIL PUQARALAR JIYINI ISHIMLIK SUWI TÁMIYNATI JAQSILANBAQTA
янв.21
ҮЙРЕНИӮ БАРЫСЫНДА ДЕПУТАТ БИЛИМ БЕРИЎ МЕКТЕБИНИҢ МАТЕРИАЛЛЫҚ-ТЕХНИКАЛЫҚ ЖАҒДАЙЫН ҮЙРЕНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ СОЦИАЛЛЫҚ ОБЪЕКТЛЕРДИ ҮЙРЕНДИ
янв.21
DEPUTAT BASLAMASÍ MENEN IShKI JOLLAR MAShQALASÍ ShEShILMEKTE
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDEGI SOCIALLIQ OBEKTLERDI ÚYRENDI
янв.21
DEPUTAT ESABAT TIŃLANDI
янв.21
✅ DEPUTATLAR ARASINDA TAJIRIYBE ALMASIW ILAJI ÓTKERILDI
янв.21
QARARDIŃ ORINLANIWI ÚYRENILMEKTE
янв.21
DEPUTAT AYMAQTAǴI SHAŃARAQLIQ POLIKLINIKANIŃ JUMISI MENEN ÚYRENILDI
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi deputatı D.Ajimuratovtıń deputatlıq sorawı.
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI

Buxoro davlat texnika universitetida xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari hamda ushbu oliy taʼlim muassasasi hamkorligida “Deputat va yoshlar uchrashuvi” oʻtkazildi.

Uchrashuvda xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi J.Ashurov talaba-yoshlar huzuridagi oʻz chiqishi davomida mamlakatimiz yoshlariga gʻamxoʻrlik davlat siyosati darajasiga koʻtarilganligini, bunga javoban esa yosh avlod yaratib berilgan sharoitlardan unumli foydalanishi zarurligini tilga olib oʻtdi.

Ayniqsa, kitobxonlikka eʼtibor bugungi kunda har qachongidan koʻra kuchaytirilishi maqsadga muvofiq boʻlib, aynan kitob yigit-qizlarni intellektual jihatdan tarbiyalashning muhim omili ekanligini eʼtirof etdi.

Mamlakatimizdagi peshqadam tadbirkorlardan biri –xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati K.Roʻziyev esa yurtimizda keyingi paytda shakllanib qolgan dual taʼlim xususidagi oʻz fikr-mulohazalarini bayon etar ekan, universitet talabalari, ayniqsa bitiruvchilari bandligini taʼminlash uchun uning tasarrufidagi mehmonxonalarda yetarli sharoitlar yaratilganligini, boʻlajak mutaxassislar dual taʼlim imkoniyatlaridan toʻliq foydalanishga ega ekanliklarini maʼlum qildi.

Dual taʼlim mavzusida xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati B.Ochilov soʻzni davom ettirildi. U shuningdek, “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi borasidagi fikr-mulohazalarini bayon etar ekan, ushbu dasturdan 10 dan ziyod turli sohalarga taalluqli aksiyalar oʻrin olganligini uchrashuv ishtirokchilari eʼtiboriga havola etdi.

Ayniqsa, dasturdagi IT va sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish, veb-dasturlash, kiberxavfsizlik, mobil ilovalar yaratish qaratilgan “IT va sunʼiy intellekt yetakchilari” shiori ostida yoshlar uchun oʻtkaziladigan seminarlar, navqiron avlod vakillarining innovatsion gʻoyalarini roʻyobga chiqarish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish va yangi texnologik yechimlarni ishlab chiqishda qoʻllab-quvvatlash borasidagi “Yoshlarning startap loyihalarini qoʻllab-quvvatlash”, “Kreativ yosh tadbirkor” kabi loyihalari shular jumlasidandir.

Tadbir doirasida universitetning bir qator fakultet va kafedralari tomonidan istiqbolli loyihalar asosida yaratilgan mahsulotlar koʻrgazmasi ham uchrashuv ishtirokchilari eʼtiboriga havola etildi.  

Slide 1 of 9