Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SHIǴINDILARDI TASLAW ORINLARI ÚYRENILDI
янв.21
Shımbayda jańa tájiriybe
янв.21
Awıl xojalıǵı eginlerin suwǵarıw ushın suw alıw limitlerin úyrenidi
янв.21
Tabiyiy apat sebepli ziyan kórgen shańaraqlar úyrenilmekte
янв.21
QURILIS ÓNIMLERI ISLEP SHIǴARILMAQTA
янв.21
Turaqlı komissiya májlisi ótkerildi
янв.21
Shımbay rayonı Sanitariya-epidemiologiya tınıshlıq hám jámiyetlik salamatlıǵı orayı
янв.21
“Shımbay beton” JSHJ islep shıǵarıw kárxanası
янв.21
“KEŃES” AWIL PUQARALAR JIYINI ISHIMLIK SUWI TÁMIYNATI JAQSILANBAQTA
янв.21
ҮЙРЕНИӮ БАРЫСЫНДА ДЕПУТАТ БИЛИМ БЕРИЎ МЕКТЕБИНИҢ МАТЕРИАЛЛЫҚ-ТЕХНИКАЛЫҚ ЖАҒДАЙЫН ҮЙРЕНДИ
Deputat murojaati bilan “Nurli hayot” mahallasida ko‘prik dasturga tushib, qurilish ishlari boshlab yuborildi

Muzrabot tumani “Nurli hayot” mahallasi aholisining ancha yillardan beri qiynab kelayotgan aholi yashash joylarini bir-biri bilan tutashtiruvchi ochiq zovurlar ustidan ancha yillar oldin qurilgan, lekin hozirda xavfli darajada ta’mirtalab holga kelib qolgan ko‘prikni qurish muammosi bo‘yicha xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyati mudiri – deputat Sherboyev Dilmurod Norboyevich tomonidan bir necha bor tegishli tashkilotlar ma’sul rahbarlariga deputat so‘rovi orqali murojaat qilgan.

Natijada ushbu muammo e’tiborga olinib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-141-son Qarori bilan davlat dasturiga kiritilgan edi.

Qilingan sa’i-harakatlar tufayli ayni kunlarda “Nurli hayot” mahallasida avtomobillar va fuqarolar harakatlanishi uchun ushbu ko‘prikni qurish ishlari boshlandi.

Deputat ushbu jarayonlarni o‘rgandi.

Mazkur qurilish-ta’mirlash ishlari “JIZZAX MINORASI” MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda.

Hozirgi kunda ushbu ko‘prikda maxsus texnikalar yordamida ko‘prik poydevori uchun qoziq o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

O‘rganish davomida tayyorlangan qurilish loyihasiga asosan belgilangan talablar doirasida bajarilishi alohida e’tibor bilan nazorat qilindi.

Shuningdek, deputat tomonidan mas’ullarga qurilish ta’mirlash ishlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 4