Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QURILIS ÓNIMLERI ISLEP SHIǴARILMAQTA
янв.21
Turaqlı komissiya májlisi ótkerildi
янв.21
Shımbay rayonı Sanitariya-epidemiologiya tınıshlıq hám jámiyetlik salamatlıǵı orayı
янв.21
“Shımbay beton” JSHJ islep shıǵarıw kárxanası
янв.21
“KEŃES” AWIL PUQARALAR JIYINI ISHIMLIK SUWI TÁMIYNATI JAQSILANBAQTA
янв.21
ҮЙРЕНИӮ БАРЫСЫНДА ДЕПУТАТ БИЛИМ БЕРИЎ МЕКТЕБИНИҢ МАТЕРИАЛЛЫҚ-ТЕХНИКАЛЫҚ ЖАҒДАЙЫН ҮЙРЕНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ СОЦИАЛЛЫҚ ОБЪЕКТЛЕРДИ ҮЙРЕНДИ
янв.21
DEPUTAT BASLAMASÍ MENEN IShKI JOLLAR MAShQALASÍ ShEShILMEKTE
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDEGI SOCIALLIQ OBEKTLERDI ÚYRENDI
янв.21
DEPUTAT ESABAT TIŃLANDI
#tavsiyalar_asosida

#tavsiyalar_asosida

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputatlari Sh. Isamutdinov va I. Jalilova hamda Kengash kotibiyati mutaxassislari I. Ikromov va Z. Temirova tomonidan Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar faoli tomonidan olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

Mahallada xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ehtiyojmand oilalar bilan manzilli ishlash, ayollarning muammolarini tezkor hal etish, sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash hamda oilalardagi barqarorlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Deputatlar tomonidan xotin-qizlar faoli ishini yanada jonlantirish, mahallada ijtimoiy faollikni kuchaytirish, ayollarni daromadli mehnat va loyihalarga keng jalb etish bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi.

Aniqlangan kamchilik va muammolar deputatlarning muammolar daftariga kiritildi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) /Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) /Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/ Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)

Slide 1 of 5