Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QURILIS ÓNIMLERI ISLEP SHIǴARILMAQTA
янв.21
Turaqlı komissiya májlisi ótkerildi
янв.21
Shımbay rayonı Sanitariya-epidemiologiya tınıshlıq hám jámiyetlik salamatlıǵı orayı
янв.21
“Shımbay beton” JSHJ islep shıǵarıw kárxanası
янв.21
“KEŃES” AWIL PUQARALAR JIYINI ISHIMLIK SUWI TÁMIYNATI JAQSILANBAQTA
янв.21
ҮЙРЕНИӮ БАРЫСЫНДА ДЕПУТАТ БИЛИМ БЕРИЎ МЕКТЕБИНИҢ МАТЕРИАЛЛЫҚ-ТЕХНИКАЛЫҚ ЖАҒДАЙЫН ҮЙРЕНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ СОЦИАЛЛЫҚ ОБЪЕКТЛЕРДИ ҮЙРЕНДИ
янв.21
DEPUTAT BASLAMASÍ MENEN IShKI JOLLAR MAShQALASÍ ShEShILMEKTE
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDEGI SOCIALLIQ OBEKTLERDI ÚYRENDI
янв.21
DEPUTAT ESABAT TIŃLANDI
#yashil_makon

#yashil_makon

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati X. Hamroyeva tashabbusi bilan

Kogon shahar Istiqlol mahallasi hududidagi Xiva ko‘chasida joylashgan bo‘sh turgan yer maydonida atrof-muhitni obodonlashtirish va yashil hududlarni kengaytirish maqsadida amaliy ishlar olib borildi.

Yong‘in xavfsizligi xodimlari bilan hamkorlikda mazkur hududda 200 dona mevali daraxt ko‘chatlari ekilib, hududning ekologik holatini yaxshilashga qaratilgan muhim qadam tashlandi.

Ushbu tashabbus nafaqat atrof-muhitni muhofaza qilish, balki kelgusida aholi uchun sog‘lom va qulay yashash muhitini yaratishga xizmat qiladi. Ekilgan ko‘chatlarni parvarishlash va ularni asrab-avaylash orqali hududni yanada ko‘kalamzor maskanga aylantirish rejalashtirilmoqda.

Bu kabi xayrli ishlar mahallada ekologik madaniyatni yuksaltirish, aholining tabiatga bo‘lgan e’tiborini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) /Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) /Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/ Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)

Slide 1 of 3