Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“KEŃES” AWIL PUQARALAR JIYINI ISHIMLIK SUWI TÁMIYNATI JAQSILANBAQTA
янв.21
ҮЙРЕНИӮ БАРЫСЫНДА ДЕПУТАТ БИЛИМ БЕРИЎ МЕКТЕБИНИҢ МАТЕРИАЛЛЫҚ-ТЕХНИКАЛЫҚ ЖАҒДАЙЫН ҮЙРЕНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ СОЦИАЛЛЫҚ ОБЪЕКТЛЕРДИ ҮЙРЕНДИ
янв.21
DEPUTAT BASLAMASÍ MENEN IShKI JOLLAR MAShQALASÍ ShEShILMEKTE
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDEGI SOCIALLIQ OBEKTLERDI ÚYRENDI
янв.21
DEPUTAT ESABAT TIŃLANDI
янв.21
✅ DEPUTATLAR ARASINDA TAJIRIYBE ALMASIW ILAJI ÓTKERILDI
янв.21
QARARDIŃ ORINLANIWI ÚYRENILMEKTE
янв.21
DEPUTAT AYMAQTAǴI SHAŃARAQLIQ POLIKLINIKANIŃ JUMISI MENEN ÚYRENILDI
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi deputatı D.Ajimuratovtıń deputatlıq sorawı.
Deputat nazorati

 Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani 19-Mingchinor saylov okrugi deputati Xamidov Xojiakbar Muxiddinovich tomonidan o‘zi saylangan saylov okrugida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevral kungi “Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ-62-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazildi. X.Xamidov Mingchinor MFYda qurilishi rejalashtirilgan “Angar” usulida trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish tikuvchilik sehi qurilish ishlari bilan tanishishdi. O‘rganish jarayonida zarur qurilish materiallari olib kelinganligi va ishlar rejaga muvofiq amalga oshirilayotganligi aniqlandi. Mazkur qaror mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish, aholi farovonligini oshirish hamda hududlarda mavjud muammolarni manzilli hal etishga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Nazorat jarayonida deputat tegishli mutasaddi tashkilotlar, mahalliy ijro hokimiyati vakillari hamda jamoatchilik faollari bilan birgalikda qaror ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini atroflicha o‘rgandi. Xususan, hududda infratuzilmani yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish hamda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash borasidagi ishlar tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi. Mazkur nazorat tadbiri hududlarda olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirish, davlat dasturlari ijrosini ta’minlash hamda aholi manfaatlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi. Deputat tomonidan bu kabi nazorat ishlari izchil davom ettirilishi bildirildi.  

Slide 1 of 3