Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SEMINAR BOLIP ÓTTI
янв.21
DEPUTATLAR QATNASIWINDA OQIW-SEMINAR BOLIP ÓTTI
янв.21
BASLI WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
янв.21
ÓNERMENTSHILIK JUMISI MENEN JAQINNAN TANISTI
янв.21
❗️ Баслы ўазыйпалар белгилеп алынды
янв.21
“Jipek jolı” máhálle jetiligi iskerligi úyrenildi
янв.21
Subsidiya tiykarında quyash panellerin ornatıw jumısları úyrenildi
янв.21
ДЕПУТАТЛАР ТӘРЕПИНЕН МЕКТЕПТЕН ТЫСҚАРЫ БИЛИМЛЕНДИРИЎ СИСТЕМАСЫНЫҢ ЖАҒДАЙЫ ҮЙРЕНИЛДИ
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi deputatı S.Abdievanıń deputat múrájatı
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi deputatı S.Abdievanıń deputat múrájatı
Korrupsiyaga qarshi kurash — ustuvor yo‘nalish

Korrupsiyaga qarshi kurash — ustuvor yo‘nalish

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari tomonidan tuman kadastr bo‘limida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.

Muhokama davomida sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, ayniqsa:

💠 xizmat ko‘rsatish jarayonlarida shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash

💠 raqamlashtirish orqali inson omilini qisqartirish

💠 fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish

💠 korrupsion xavflarni aniqlash va ularni bartaraf etish mexanizmlarini kuchaytirish

💠 xodimlarning mas’uliyati va javobgarligini oshirish

kabi muhim yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashildi.

Deputatlar tomonidan mavjud kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish, tizim faoliyatini yanada takomillashtirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish yuzasidan aniq taklif va tavsiyalar ilgari surildi.

Ta’kidlanganidek, korrupsiyaga qarshi kurashish — qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash va adolatli jamiyat qurishning muhim omilidir.

Bu boradagi ishlarni izchil davom ettirish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda har bir xodimda halollik va mas’uliyat tamoyillarini mustahkamlash muhim vazifa etib belgilandi.

Slide 1 of 10