Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SEMINAR BOLIP ÓTTI
янв.21
DEPUTATLAR QATNASIWINDA OQIW-SEMINAR BOLIP ÓTTI
янв.21
BASLI WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
янв.21
ÓNERMENTSHILIK JUMISI MENEN JAQINNAN TANISTI
янв.21
❗️ Баслы ўазыйпалар белгилеп алынды
янв.21
“Jipek jolı” máhálle jetiligi iskerligi úyrenildi
янв.21
Subsidiya tiykarında quyash panellerin ornatıw jumısları úyrenildi
янв.21
ДЕПУТАТЛАР ТӘРЕПИНЕН МЕКТЕПТЕН ТЫСҚАРЫ БИЛИМЛЕНДИРИЎ СИСТЕМАСЫНЫҢ ЖАҒДАЙЫ ҮЙРЕНИЛДИ
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi deputatı S.Abdievanıń deputat múrájatı
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi deputatı S.Abdievanıń deputat múrájatı
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi.

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi.

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, xalqimiz azal-azaldan Navro‘z ayyomi kunlarida, oilasida quvonchli voqealar yuz berganida, tomorqa va xiyobonlarga, yo‘l chetlariga ezgu niyat bilan ko‘chat ekib kelgan. Ana shu ezgu qadriyatlar asosida so‘nggi besh yil davomida “Yashil makon” loyihasi izchil amalga oshirilib, har yili o‘rtacha 200 million tup ko‘chat ekib kelinmoqda.

O‘tgan davr mobaynida 2 ming gektardan ortiq hududda 942 ta yashil bog‘ va jamoat parklari, 47 ta massivda “Yangi O‘zbekiston bog‘lari” barpo etildi. Shuningdek, tog‘, cho‘l va adir hududlarida 256 ming gektar o‘rmonlar tashkil qilindi. Orol dengizining qurigan tubida esa 2 million gektar maydonda himoya o‘rmonzorlari barpo etilib, ekologik muhitni yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Bundan tashqari, shamol hamda qum-chang bo‘ronlarining zararli ta’sirini kamaytirish maqsadida 33 ta tumanda umumiy uzunligi 60 kilometr bo‘lgan “yashil belbog‘”lar yaratildi.

Mazkur muhim ekologik tadbirda Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari ham faol ishtirok etib, hududlarda ko‘chat ekish, atrof-muhitni muhofaza qilish va obodonlashtirish ishlariga munosib hissa qo‘shdilar.

Slide 1 of 9